Sirdaryo abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Download 1,27 Mb.
bet64/113
Sana02.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#306269
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113
Bog'liq
umumiy farmakologiya

5-ilоvа

GURUHLI ISH UCHUN O’QUV TОPSHIRIQ
ilоvа

Guruh ish nаtijаlаrini baholаsh mеzоnlаri


K o’ r s а t k i ch l а r


Mаks.bаll

Guruh ishi nаtijаlаrining bahosi

1

2

3

4

Mа’lumоtning to’liqligi

5













Tаqdimоt (mа’lumоtning chizmаli

tаrzdа tаkdim etilishi)



5













Guruhning fаоllik dаrаjаsi (qo’shimchаlаr kiritish, sаvоl-

jаvоblаr bеrish)



5













Bаllаrning mаksimаl hаjmi

5
















    1. ilоvа


Guruhlаrdа ishlаsh qоidаsi

  • Shеrigingizni diqqаt bilаn tinglаng.

Guruh ishlаridа o’zаrо fаоl ishtirоk eting, bеrilgаn tоpshiriqlаrgа jаvоbgаrlik bilаn yondаshing.

Аgаr yordаm kеrаk bo’lsа, аlbаttа murоjааt qiling. Аgаr sizdаn yordаm so’rаshsа, аlbаttа yordаm bеring.

Guruhlаr fаоliyatining nаtijаlаrini bаhоlаshdа hаmmа ishtirоk etishi shаrt. Quyidаgilаrni аniq tushunishimiz lоzim:


    • Bоshqаlаrgа o’rgаtish оrqаli o’zimiz o’rgаnаmiz!

    • Biz bittа kеmаdаmiz: yoki birgаlikdа suzib chiqаmiz, yoki birgаlikdа cho’kib kеtаmiz.



    1. ilоvа

















MАVZU №10 .Viruslarga va zambrug’larga qarshi vositalar Rеjа:

  1. Viruslаrgа qаrshi vоsitаlаrni;

  2. Zambrug’larga qarshi vositalar

Virusga qarshi dori vositalari

Turli kasalliklarning sababchisi bo‘lgan ko‘pchilik patogen mikroorganizmlarning o‘sishi va ko‘payishini kimyoterapevtik preparatlar to‘xtatadi yoki ularni halok etadi, viruslar esa bu xil ta’sirlarga ancha chidamlidir. Shu sababli ularni zaiflashtiradigan yoki yo‘qotadigan dorilar hozircha deyarli yo‘q. Sintez qilingan ko‘pchilik kimyoviy moddalar tajriba sharoitida viruslarga qarshi ta’sir ko‘rsatsa ham, bemor tanasiga kor qilmaydi. Chunki viruslar odam, o‘simlik va hatto bakteriyalarning hujayralari ichida joylashib, mikroparazit bo‘lib, nuklein kislotalar (DNK va RNK) molekulalaridan tashkil topgan yuqori polimerli polinukleotidlar hisoblanadi.

Viruslarda hujayra pardasi va ferment tizimi yo‘q. Ular faqat nuklein kislotadan tashkil topgan. Virusning ayrim komponentlari uni tanadagi fermentlarning ta’siridan saqlaydi. Ularning 2 turi mavjud: DNK va RNK saqlovchilar.

Viruslarning kimyoterapevtik moddalarga chidamliligi ular makroorganizm hujayralarining ichida joylashgani sababli ta’sir etuvchi dorilar tana hujayralarini ham ta’sirlaydi.

Virusli kasallikning kelib chiqishi va rivojlanishi hamon yaxshi o‘rganilmagan. Yashirin davrida viruslarning hujayralarda ko‘payishi hech qanday kasallik belgilarini bermaydi. Holbuki, aynan shu davrda viruslar dorilar ta’siriga beriluvchan bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda viruslarga tanlab ta’sir qiladigan bir qator preparatlar: midantan, remantadin, idoksuridin, metisazon, interferonlar olingan. Ushbu preparatlarning virusga bo‘lgan ta’siri turlicha. Asosan, ular viruslarni hujayraga kirishiga ta’sir etsa, ayrimlari esa tananing virusga qarshi chidamliligini oshiradi.

Mitandan RNK saqlovchi viruslarga ta’sir ko‘rsatib, ular- ning hujayralarga kirishini qiyinlashtiradi. Preparat me’daichakdan yaxshi so‘riladi va A2 gripp kasalligining oldini olishda ishlatiladi. Davo sifatida ishlatilganda kor qilmaydi.

Idoksuridin — DNK saqlovchi viruslarga ta’sir etadigan, yod saqlovchi sintetik preparat. Viruslar DNKsining sintez bo‘lishini buzadi. Makroorganizm hujayrasining DNKsiga ham shunday ta’sir qiladi. Shuning uchun ham preparat, asosan, mahalliy tarzda qo‘llaniladi (ko‘zga tomizish uchun). Ko‘z shox pardasining gerpesli yarasida 0,1% li eritmasi tomiziladi.

Metisazon, asosan, suvchechak virusiga ta’sir ko‘rsa- tadigan preparat. Ta’sir mexanizmi noma’lum. Metisazon profilaktika maqsadida qo‘llaniladi. Bemorni davolash uchun qo‘llash foydasiz.

Interferonlar — virus ta’sirida tana hujayralari ishlab chiqaradigan kichik molekulali glikoproteinlardir. Ular viruslarga nisbatan hujayra chidamliligini oshiradi. RNK va DNK saqlovchi viruslarga ta’sir qiladi. Ta’sir mexanizmi to‘liq aniq- lanmagan. Aytishlaricha interferonlar virus faoliyatini o‘z- gartirmasdan, ular hujayraga kirgandan keyingina ta’sir ko‘rsatadi va virus replikatsiyasi (ko‘payishi)ni tormozlaydi. Ular qisqa muddatli ta’sirga ega. Interferonlar immunomo- dulator (T-limfotsitlar faolligini oshiradigan), antiblastom (xavfli o‘smalarga qarshi) ta’sirga ham ega.

Tibbiyot amaliyotida odamdan olingan leykotsitlar (a) va fibroblast (P) interferonlar grippning oldini olish maqsadida, ko‘z shox pardasi gerpesida, terining gerpes (uchuq)

kasal- liklarida, nafas olish a’zolarining virusli yallig‘lanishida, virusli gepatitda qo‘llaniladi.

Preparatlar.



O d a m n i n g l e y k o t s i t l a r i n t e r f e r o n i (Interferonum leucocyticum) odam leykotsitlaridan olingan oqsil. Kukun holida ampulada ishlab chiqariladi. Ampula hajmi 2 ml. Ampula ichidagi kukunni qaynagan suvda eritib burunga tomiziladi.

M e t i s a z o n (Methisazonum). 0,25 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi.

Ovqatdan 1—0,5 soat keyin, kuniga 2 marta 4—6 kun davomida ichiladi.

M e g o s i n (Megosinum). 3% li surtmasi 10 g dan ishlab chiqariladi. Yaralangan teriga surtiladi.

O k s o l i n s u r t m a s i (Unquentum Oxolini). 0,25% li surtma sifatida 10 g dan ishlab chiqariladi. Yaralangan teriga, ko‘z-qovoq ostiga surtiladi.

Zamburug‘larga qarshi dori vositalari

Zamburug‘laming ko‘pchilik turi ma’lum bo‘lib, ulaming ayrimlari (patogen va yarimpatogen turda) tanada turli xil ko‘rinishdagi kasalliklarni (mikoz) yuzaga keltiradi. Ular, asosan, teri, shilliq pardalar va ichki a’zolarning jarohatlanishi bilan kechadi.

Terini shikastlaydigan shakli dermatomikoz deyiladi. Mikoz- larning bu shakli ancha keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha teri bilan birga tirnoqni ham jarohatlaydi (epidermofitiya), boshdagi sochlarni zararlaydi (trixofitiya, mikrosporiya). Shuning uchun bularni davolashdan oldin preparatlarning mahalliy ta’siri bevosita va samarali bo‘lishi uchun tirnoq zararlangan bo‘lsa, uni olib tashlash, soch shikastlangan bo‘lsa, uni tushirib yuborish (epilatsiya) talab qilinadi.

Dermatomikozlarni davolashda preparatlar har xil yo‘llar bilan yuboriladi. Zamburug‘larga rezorbtiv yo‘l bilan ta’sir qilish maqsadida ko‘proq antibiotik — grizeofulvin va nizoral preparatlari qo‘llaniladi.



Grizeofulvin preparati zamburug‘ning rivojlanishini tor- mozlaydi. Antibiotik dermatomikozning ko‘pchilik turlarida shifobaxsh ta’sir etadi. Zamburug‘larning grizeofulvinga chidamli bo‘lib qolish hollari kuzatilmaydi. Preparat me’da- ichakdan yaxshi so‘riladi va terining shox qavati, sochlar va tirnoqlarning zamburug‘larga chidamliligi oshadi. Antibiotik tanadan sekin-asta peshob bilan metabolit shaklida va o‘zgarmagan holda chiqariladi. Preparat ayrim noxush holatlarni (bosh aylanishi va og‘rishi, ko‘ngil aynishi, ich ketishi, allergik reaksiya) keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim hollarda buyrak va jigar faoliyati buziladi.

Nizoral preparatining ta’sir doirasi keng bo‘lib, zamburug‘ hujayra devori o‘tkazuvchanligini buzadi. Shu sababli zambu- rug‘larga xos bo‘lgan tolalar va koloniya hosil qilishi ro‘y bermaydi. Preparat teri, soch va shilliq parda mikozida tavsiya etiladi.

Dermatomikozlarni davolashda rezorbtiv ta’sir yo‘lidan tashqari preparatlarni mahalliy qo‘llash usuli ham mavjud. Ushbu maqsadda amikozol, mikozolon, mikoseptin, nitro- fungin, oktitsil va boshqalar qo‘llaniladi.



Amikozolni mahalliy qo‘llaganda zamburug‘larning har xil turlariga (dermatomikoz, kandidamikoz, mikrosporiya va boshqalar) ta’sir ko‘rsatib, ularning rivojlanishini to‘xtatadi va yemiradi. Shuning uchun bu preparat surtma holida tovon epidermofitiyasi, trixofitiya, mikrosporiya va boshqa teri zamburug‘ kasalliklarida ko‘p beriladi.

Mikozolon surtmasi yallig‘lanishga, allergiyaga va teri mikozlariga qarshi ta’sirga ega. Uning tarkibida deperozolon va mikonazol bo‘lganligi sababli teri va tirnoq zamburug‘ kasalligida ham tavsiya etiladi.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish