Dori-darmonlarni saqlash va tarqatish
Dori-darmonlar va farmatsevtikada ishlatiladigan kimyoviy moddalar o‘z ta’sir etish quvvatiga ko‘ra zararli, kuchli ta’sir etuvchi va oddiy ta’sirga ega bo‘lgan moddalarga ajratiladi.
Birinchi guruhga kiruvchilar farmakopeyada «A» ro‘yxatiga kiritilgan, ya’ni kuchli zaharlovchi ta’sirga ega bo‘lgan («Venena») dori-darmonlar. Bunday dorilarni ishlatishda va saqlashda juda ehtiyot bo‘lishlik talab etiladi. Narkomaniyaga duchor qiluvchi dori- darmonlar, kimyoviy moddalar ham shular jumlasiga kiradi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi dori-darmonlar farmakopeyada «В» ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ular kuchli ta’sir etuvchi («Geroika») dorilardir. Ularni ishlatish va saqlashda ham ehtiyotkorlik qoidalariga qattiq amal qilish talab etiladi. Chunki ular nazoratsiz ishlatilgudek bo‘lsa bemorga zaharli ta’sir ko‘rsatishi va noxush oqibatlarga sabab bo‘lishi mu mkin.
Shuning uchun ham zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dori-darmonlarni, moddalarni ishlatishda va ularni saqlashda dorixonalarda, davolash muassasalari, kasalxonalar, poliklini- kalar, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari va boshqa joylarda, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan maxsus in- struksiyalarga rioya qilish talab etiladi. Tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan dori-darmonlar «A» deb nomlangan shkafda (seyf) saqlanishi kerak va shkafning ichki devoriga «A» («Venena») degan so‘z hamda dori moddalarining ro‘yxati yopishtirilgan bo‘lishi shart. Shkaf ishonchli holda qulflangan bo‘lishi kerak.
Tarkibida kuchli ta’sir etuvchi moddalar bo‘lgan dori-dar- monlar «B» deb nomlangan maxsus seyfda saqlanishi kerak va shkafning ichki devoriga «В» («Geroika») degan so‘z hamda dori moddalarining ro‘yxati yopishtirilishi shart. Shkaf ishonchli holda qulflangan bo‘lishi kerak. «A» va «В» ro‘yxatiga kiradigan dori moddalarining va boshqa dorilarning shkafda ishonchli saqlanishiga bo‘lim mudirlari va katta hamshiralar javob beradi.
Umuman hamma dori moddalari «A» va «В» yoki boshqa ro‘yxatlarda qulflanadigan shkaflarda saqlanishi va har biri alohida-alohida shkaflarda bo‘lishi va har qaysi guruh dori- darmonlarda katta-katta harflar bilan «Ichishga», «Sirtga», «Inyeksiya uchun»,
«Ko‘z tomchilari», va boshqa so‘zlar yo‘zil- gan yorliqlar (etiketkalar) yopishtirilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ular o‘ralgan holda, zavod va dorixonalarda chiqarilgan shaklda, tez buziladigan suyuq dorilar, antibio- tiklar esa muzxonalarda, quyosh nuri tushmaydigan joylarda saqlanishi kerak.
Bemorlarga beriladigan dori-darmonlar shifokor ko‘rsat- masi yoki kasallik tarixida ko‘rsatilgan yozuvlarga amal qilingan holda tarqatilishi kerak. Tibbiy ma’lumoti bo‘lmagan xodimlarga bunday vazifalarni buyurish qat’iyan man etiladi. Davolash- profilaktika muassasalari bo‘limlari va kabinetlari, shuningdek, ambulatoriyalar, poliklinikalarda tarkibida kuchli zaharli ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalari, muassasa rahbarining yoki uning davolash bo‘yicha muovinining imzosi, muassasa muhri bo‘lgan retseptlar va tabletkalar dorixonalarda qoldiriladi.
Tez yordam ko‘rsatish zarur bo‘lib qolgan taqdirda tibbiyot muassasasi mudirlarigina bemorga retsept yozib berish huquqiga egadirlar. O‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan tibbiyot xodimlari bunday huquqga ega emaslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |