Ishchi tavsiflari. Sinxron motor ishchi tavsiflari deb, rotor aylanish tezligi , istemol qilinayotgan quvvat , foydali moment , quvvat koeffitsienti va stator chulg‘amidagi tok ning motor foydali quvvati ga bog‘liqligiga aytiladi (13.6-rasm). Rotorning aylanish tezligi doimo sinxron tezlik ga teng, shuning uchun tavsifi abssissa o‘qiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqdan iborat. Ishchi tavsiflarni tarmoq kuchlanishi chastotasi o‘zgarmas va , degan shart bilan olinishi sababli grafigi koordinata boshidan chiqqan to‘g‘ri chiziqni eslatadi. Motor kirishidagi quvvat . Motor validagi yuklanish ortishi bilan quvvat isroflari ham ortadi, shu sababli motor istemol qilayotgan quvvat valdagi foydali quvvat dan tezroq o‘sadi va uning grafigi nochiziqli bo‘ladi.
Quvvat koeffitsienti tavsifining shakli qo‘zg‘otish tokini sozlash rejimiga bog‘liq: agar yu.i. rejimida qo‘zg‘otish tokini shunday o‘rnatilsaki, unda bo‘lsa, u holda motor yuklanishi ortishi bilan quvvat koeffitsienti kamayadi, tavsif pasabvchi bo‘ladi; agar nominal yuklanishda o‘rnatilsa, kam yuklanish bo‘lganda motor tarmaqdan reaktiv ilgarilovchi tokni oladi, o‘ta yuklanganda esa – kechikuvchi tokni oladi. Aksariyat, qo‘zg‘otish tokini shunday o‘rnatiladiki, unda yuklanish o‘rtacha bo‘lganda =1 o‘rnatiladi. Shunday vaziyatda quvvat koeffitsienti yuklanish o‘zgarishining barcha diapazonida katta qiymatda bo‘ladi. Agar qo‘zg‘otish tokini shunday o‘rnatilsaki, unda yuklanish nominal qiymatidan yuqoriroq bo‘lganda quvvat koeffitsienti =1 etib rostlansa, u holda nominal yuklanishda =0,8 bo‘ladi va motor tarmoqdan kuchlanishga nisbatan ilgarilovchi tok istemol qiladi, bu esa tarmoqning quvvat koeffitsientini oshiradi. Bu xususiyati bilan sinxron motori asinxron motorlarga nisbatan farqli bo‘lib, ta’minlovchi tarmoqning energetik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.
Motor statoridagi tokning qiymati quyidagicha aniqlanadi
.
Bu ifodadan ko‘rinadiki, yuklanish ortishi bilan quvvat koeffitsienti kamayishi sababli, statorning toki istemol qilinayotgan quvvat ga nisbatan tezroq ortayapti.
Sinxron motor rotorining aylanish yo‘nalishi stator magnit oqimi aylanish yo‘nalishi bilan mos. Ular aylanish yo‘nalishi tarmoq uch fazasining ketma-ketligiga bog‘liq. Aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun uch fazadan ikkisining o‘rni almashtiriladi.
Xulosa qilib shuni aytish zarur: sinxron motorlar asinxron motorlarga nisbatan afzalligi shundaki, ular tarmoqda qo‘shimcha quvvat isroflari hosil qiluvchi induktiv toklar hosil qilmaydi va = 1 ushlab turish imkoniyatiga ega. Undan ham ortiqroq, sinxron motorni o‘ta qo‘zg‘otish rejimida ishlatib, tarmoq uchun sig‘im toklarini ishlab chiqarish mumkin, bu esa energetika tizimining quvvat koeffitsientini oshiradi. Sinxron motorning yana bir afzalligi shundaki, (12.11) ifodaga kshra, elektromagnit momentning asosiy tashkil etuvchisi stator kuchlanishi ga proporsional, asinxron motorlarda esa bu bog‘liqlik kuchlanishning kvadrati bilan ifodalanadi. Shu sababli, tarmoq kuchlanishi pasayganda, sinxron motor, asinxron motorga nisbatan, o‘zining o‘tayuklanuvchanlik xususiyatini ko‘proq saqlab qoladi.
Sinxron motorlarning kamchiligi – qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlarga nisbatan tuzilishining murakkabliga va narxining balandligidir. Undan tashqari, sinxron motorning ishlashi uchun qo‘zg‘otish chulg‘amini o‘zgarmas tok bilan ta’minlaydigan qurilma bo‘lishi zarur.
Ekspluatatsiya natijalari shuni ko‘rsatdiki, sinxron motorlarni quvvati 200 kVt va undan katta, tez-tez ishga tushirish va boshqarish zarurati bo‘lmagan qurismalarda (ruda tegirmonlari, katta quvvatli nasoslar, ventilyatorlar, kompressorlar va h.k.) ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |