Hozirgi kunda yaponlar bu ta’limotga biroz e’tiborsiz ko’rinsada, chin dildan unga ehtirom bilan yondashadilar. Tinno unvoni “oliy hukmdor’’ ma’nosini beradi. Boshqa tillarda imperator deb tarjima qilinadi. Mikado yaponcha “imperator’’ osmon ruhlarining davomchisidir. Dzimmutenno yaponiyaning afsonaviy 1-imperatori hisoblanadi. Mikado butun xalq bilan qarindosh bo’lib, u bir oiladan iborat millatning boshlig’i. Yaponiyada 300 yil hukmronlik qilgan syogunlar ham Mikado namoyondalari hisoblangan. Hozirgi kunda Mikado boshqaruvchilik g’oyasi susaygan bo’lsada yaponlar tasavvuridan o’chib ketmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |