Sintaksis predmeti


So'z birikmasining aloqa turlari



Download 96,5 Kb.
bet5/7
Sana13.07.2022
Hajmi96,5 Kb.
#786926
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sintaksis va uni predmeti, sintaktik aloqa va sintaktik munosabat. So’z birikmasi sintaksisi

So'z birikmasining aloqa turlari


So'zlar o'zaro ikki xil usul bilan aloqaga kiradi: a) teng bog'lanish; b) tobe bog'lanish.
Teng bog'lanishda so'zlar bir xil gap bo'lagi bo'lib, sanash ohangi yoki bog'lovchilar yordami bilan birikadi. Masalan: Bu yil - onalar va bolalar yili. Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas, ko'zlarni yashnatib kiyibsiz atlas (qo'shiq), kabi gaplardagi onalar va bolalar hamda 2-gapdagi Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas so'zlari teng bog'langan.
Ular kesimga nisbatan teng huquqli bo'lib, bir xil gap bo'lagi vazifasini bajaradi. Bunday bo'laklarning o'rni almashtirilgani bilan, ma'no va grammatik holati o'zgarmaydi. Tobe bog'lanishda esa biri hokim, biri tobe so'zlar aloqaga kirishadi.
Ularning bin ikkinchisini to'ldirib, aniqlab izohlab keladi. Shuning uchun aniqlab, to'ldirib kelgan so'z tobe, u bilan bog'lanib kelgan so'r hokim so'z bo'ladi va gapda boshqa-boshqa sintaktik vazifa bajaradi. Shunga ko'ra tobelanish turlari quyidagicha bo'ladi:
Moslashuv. Bunday tobelanishning asosiy xususiyati tobelanish bir qismining boshqasini aniqlashga xizmat qildirishidir. Tobe so'z bilan hokim so'z bir-biriga moslashadi, harakat, belgi va predmetning qaysi predmetga tegishliligi ko'rsatiladi. Masalan, mening vatanim, gullarning guli, talabalarning o'qishi. Gullarning guli - Nargis. Bunda guli (hokim) so'z talabi bilan gullarning (tobe so'z) qaratqich kelishik qo'shimchalarini olib kelgan. Dutorimning torlari qo'sh bulbuldek sayraydi kabi.
Boshqaruv. Bu bog'lanishda tobe so'z hokim so'zning talabi bilan o'z shaklini o'zgartiradi. Masalan: maktabga bormoq, ishdan kelmoq, ko'chani tozalamoq.
Fe'l boshqaruv va ot boshqaruvi. Masalan: ochilgan gul, sayragan bulbul. Asal qanddan shirin.Sifatli boshqaruv. Masalan: Uyat o'limdan yomon. Kelishikli va ko'makchili boshqaruv. Masalan: Kundan kun sovuq. Yaxshidan ot. yomondan dog' qolar. Baliqning tirikligi suv bilan.
Bitishuv._Bunday bog'lanishda so'zlarning o'zaro aloqasi tartib va ohang orqali beriladi: a) sifatlovchi+sifatlanmish; sifatlovchi vazifasida sifat, son, olmosh, ravish keladi. Masalan: Ko'm-ko'k dala, katta bino, bu uy, beshta talaba, oqar suv, oltin fasl; b) hol+hollanmish: hol vazifasida ravish va ravishdoshlar keladi. Masalan: samolyot tez uchdi. Rangi oqarib ketdi va boshqalar.
Tobe bo'lak vazifasiga ko'ra:

  1. aniqlovchi +aniqlanmish munosabati (tobe bo'lak ot, sifat,son, olmosh, ravish, sifatdosh kabi so'zlar, hokim bo'lak esa ot vaotlashgan so'zlardan iborat bo'ladi). Masalan: tutning bargi, qizilgullar, bitta kitob, o'sha joy, pishiq g'isht;

  2. to'ldiruvchi+kesim munosabati (tobe bo'lak otning kelishiklishaklida, hokim bo'lak fe'l. sifat bo'ladi). Masalan: Mardni mehnatyengolmas. Qo'rqoqqa qo'sh ko'rinar. Yaxshidan ot qoladi;

  3. hol-kesim munosabati (tobe bo'lak ravish, ravishdosh vaba'zan otdan, hokim bo'lak esa fe'ldan) bo'ladi. Masalan: To'y kecha o'tdi. Eshik taraqlab yopildi. Olov gurillab yondi. Oftob sekin-asta bota boshladi.

So'z birikmalari tuzilish jihatidan ikki turga bo'linadi: 1) sodda birikmalar. 2) murakkab birikmalar.

Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish