8- topshiriqli matn
Bobur temuriylar sulolasining so`nggi yirik vakili edi. U tadbirkor va jasur lashkarboshi, dono va adolatli hokim, fozil va
o`qimishli inson, ajoyib lirik shoir, ilmning turli sohalaridan yaxshigina xabardor bo`lgan yetuk olim edi. Uning
“Boburnoma” asari haligacha Sharq adabiyotidagi benazir asar xisoblanadi.
Topshiriq:
1.Matndan foydalanib Zahiriddin Muhammad Bobur haqida bilganlaringizni bayon qiling.
2.Matndagi sifatlarni tarkibiga ko`ra tasniflang.
3. Atoqli otlarning yozilishini tushuntiring.
4.Olmoshlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
5.Imlo xatoga yo`l qo`yilgan so`zni aniqlang.
6. Matnda qanday bo`lak uyushib kelganini aniqlang.
7.Imlo xatoga yo`l qo`yilgan so`zning sintaktik vazifasi qandayligini ayting.
8.Matndagi sifatdoshni aniqlang.
9. Matnning qanday nutq uslubiga xosligini ayting
.
10.Kesimlarning qanday mustaqil so`z bilan ifodalanishiga ko`ra turini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |