Matnni o‘qing. So‘roq gaplarni topib, ularning hosil bo‘lishini
tushuntiring. Sizning oyingiz ham shundaymi?
YAXSHI OYI
Baxtiyor koptok o‘ynayotgan o‘rtog‘iga tashvishlanib qararkan,
so‘radi:
– Alibek, bugun juda ko‘p o‘ynab yubording-ku. Oying urish-
maydimi?
– Yo‘q, bugun urishmaydilar, – dedi Alibek gerdaygancha.
Baxtiyor hayron bo‘lib, yelka qisdi:
– Nega endi bugun urishmas ekanlar?
Alibek yotig‘i bilan tushuntirdi:
– Bugun-chi, uyimizga amakimlar kelishgan. Uyimizga mehmon
kelgan kuni oyimlar meni urishmaydilar.
(E. Madrahimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |