Savol va topshiriqlar
1. Olinma so‘zlar deb nimaga aytiladi?
2. Rus va ingliz tilidan o‘tgan so‘zlarga misollar keltiring.
3. O‘zbek tilidagi Yevropa tillaridan olingan so‘zlar ko‘proq qaysi soha-
larda ishlatiladi?
563-mashq.
Uyga topshiriq.
Gazetadan istalgan bir maqolani oling. Undagi
olinma so‘zlarni aniqlashga harakat qiling. Bu so‘zlarni qaysi tildan olinganini
ko‘rsatib, daftaringizga ko‘chiring.
186-d a r s.
LUG‘AT VA LUG‘ATSHUNOSLIK
Topshiriq.
O‘nta meva nomlarini yozib, ularni alifbo tartibida joy-
lashtiring.
Tilimizdagi so‘zlarning alifbo tartibida joylashtirilishiga
lug‘at, lug‘at tuzish qoidalarini o‘rganuvchi tilshunoslik
sohasiga esa lug‘atshunoslik (leksikografiya) deyiladi.
564-mashq
.
«U kim? Bu nima?» bolalar ensiklopediyasidan olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |