Ko‘chiring, matndagi paronimlarni toping, ma’nolarini izohlang.
1. Konstitutsiya 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. 2. Ayni
bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. 3. Ularning tub
maqsadini bilib olishimiz kerak. 4. Erta bahorda o‘n tup mevali daraxt
ko‘chatidan ekdik.
Savol va topshiriqlar
1. Paronimlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Paronimlardan shakldoshlarning farqini ayting.
504-mashq.
Uyga topshiriq.
Quyidagi paronimlarning ma’nolarini izohli
lug‘atdan toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ramz – razm, yolqin – yorqin, sayil – sayr, sada – sado.
167-d a r s.
MA’NODOSH SO‘ZLAR
1-topshiriq. Gapirmoq
so‘zi ifodalagan ma’noni yana qanday so‘zlar
bilan ifodalash mumkin. Har birini gap ichida keltiring.
2-topshiriq. Yuz, bet
so‘zlarining ma’nosiga teng keladigan yana qanday
so‘zlarni bilasiz? Ular bir-biridan nimasi bilan farqlanishini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |