Adabiyot darsligida berilgan badiiy asarlardan parcha keltiring
va gap urg‘usini aniqlang. Gap urg‘usining vazifasini izohlang.
457-mashq.
Quyidagi parchada gaplarni gap urg‘usiga muvofiq o‘qing va
ko‘chiring.
Otchoparda Sherbekning tanishi Zokir chavandoz o‘zining otini
yuvib-tarash, sug‘orish, tizginidan tutib turishga ruxsat beradi.
Sherbek Zokirga beminnat yordamchi bo‘lib qolgan. Otxonani toza-
laydi, egar-jabduqni joy-joyiga ilib, otni ko‘l yoqasiga yetaklab
chiqadi. Zokirning oti juda chiroyli qora arg‘umoq, ismi ham o‘ziga
yarasha: «Duldul». Sherbek yap-yalang‘och bo‘lib, uni salt minadi-da,
ko‘lning chuqur joyiga undaydi, Duldul yaxshi suzadi, sovuq suvda
rohat qiladi. (
Asqad Muxtor
)
Do'stlaringiz bilan baham: |