42-mashq.
Uyga topshiriq.
Maqollarni o‘qing. Shunga o‘xshash maqollar
topib, daftaringizga yozing.
1. Aqlli uzoqni ko‘zlar, aqlsiz – yaqinni. 2. Tinchlik urushni yengar.
3. To‘g‘ri oshini yeydi, egri – boshini. 4. Baxil topsa, bosib yer, saxiy
topsa, hamma yer. 5. Ko‘p o‘yla, oz so‘yla.
11-dars.
QO‘SHMA SO‘ZLAR IMLOSI
43-mashq.
O‘qing. Qo‘shma so‘zlarni aniqlab, yozilishiga diqqat qiling.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi joriy qilindi. Uning bosh maq-
sadi chuqur bilimli, yuksak ma’naviyatli, hozirjavob yoshlarni tarbiya-
lashdan iborat. Mehmondo‘st, mehnatsevar, bolajon xalqimizga mos
bo‘lgan sofdil, mard va dovyurak, dono yoshlar kelajak poydevoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |