*
580-mashq.
Sinfda «Kim yaxshi uddalaydi?» musobaqasini o‘tkazing.
U ikki bosqichda bo‘ladi. Birinchi bosqichda hamma bittadan
gap tuzadi. Undagi barcha so‘zlar mustaqil so‘zlarga oid bo‘lishi kerak.
Demak, gapda oltita so‘z bo‘ladi. Gapdagi so‘zlar soni oltitadan kam
yoki ko‘p bo‘lishi ham mumkin. O‘rinli qo‘llangan yordamchi so‘zlar
ham hisobga olinadi. Har bir so‘z uchun bir ball beriladi.
Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar o‘zi tuzgan gapdagi so‘zlarni
o‘zgartirib chiqishi kerak. Otni boshqa bir otga yoki olmoshga, sifatni
boshqa darajaga, fe’lni boshqa shaxs, son va zamonga o‘zgartirishi
kerak va hokazo. Har bir o‘zgartirish uchun bir ball beriladi.
N a m u n a: Kecha Karim senga chiroyli gullar sovg‘a qildi.
O ‘ z g a r t i r i s h: Bugun men faqat unga chiroyliroq gul sovg‘a qilmoq-
chiman.
206
581-mashq.
Uyga topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |