SH
N
Ochiq dars ishlanmasi.
Sinfi: 11 »v»,1 soat
Sana: 14.10.2020yil.
Mavzu: Elektromagnit induksiya qonuni.Faradey tajribasi.
Darsning maqsadi:
1.Ta`limiy: fanning elementar sohasiga oid ,o`quv dasturidagi mavzu bo`yicha bilim berish
2.Ta`rbiyaviy: o`quvchilarning tafakkurini oshirish,milliy dunyoqarashini kengaytirish,ma`naviy yetuklikni tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning fikrlash qobilyatini ,fanga bo`lgan qiziqishini va malaka,ko`nikmalarini shakllantirish va orttirish.
O`quvchilar dars yakunida quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak.
1.elektromagnit induksiya xodisasiga doir bilimga ega bo`lishi kerak.
2.Faradey tajribasini qanday ro`y berishini bilib oladi.
3.Induksion tok haqida,uning yo`nalishi haqida bilib oladi.
Darsning borishi:
1.tashkiliy qism(salomlashish,davomatni aniqlash,kun yangiliklari buyicha qisqa suxbatlashish.)(3min)
2.O`tilgan mavzuni so`rash.(10min)
Savollar: 1.Lorens kuchi qanday kuch?
2.Nima uchun Lorens kuchi ish bajarmaydi?
3.Lorens kuchi formulasini qanday keltirib chiqaramiz?
4.Lorens kuchi yo`nalishini qanday qoida bilan aniqlanadi?
5.Amper kuchi qanday kuch?
6.Amper kuchi formuiasini yozing?
7. Amper kuchi yo`nalishini qanday qoida bilan aniqlanadi?
3.Yangi mavzu bayoni.(20min)
Daniyalik olim G.Ersted 1820- yilda tokning magnit ta`sirini aniqlagandan so`ng ingliz fizigi M.Faradey bu kashfiyot bilan tanishgach,shunday xulosaga keladi: modomiki ,berk o`tkazgich bo`ylab oqayotgan tok magnitni harakatga keltirar ekan ,magnitni harakatlanishi ham berk o`tkazgichda tok xosil qilishi kerak.Bu xulosaning to`griligini Faradey 1831-yilda kop tajribalar asosida tasdiqlaydi. Umagnit maydonda berk kontur ilgarilanma harakat qilganda yoki burilganda ,shuningdek ,qo`zg`almas kontur ma`lum vaqt davomida o`zgaruvchan magnit maydonda turganida konturlarda tok hosil bo`lishini aniqladi.
Magnit maydonning o`zgarishi tufayli berk konturda hosil bo`ladigan tok induksion tok, hodisaning o`zi esa elektromagnit induksiya deb ataladi.Induksion tokni hosil qiluvchi elektr yurutuvchi kuch induksion elektr yurutuvchi kuch (IEYK) deb yuritiladi.Faradey bir necha tajribalar asosida elektromagnit indyksiya qonunini kashf qildi.Bu qonun quyidagicha ta`riflanadi:Induksion tok berk konturda faqat o`tkazgich konturi orqali o`tayotgan magnit induksiya oqimi o`zgargandagina hosil bo`ladi, yani magnit oqim o`zgarib turgan vaqt davomidagina mavjud bo`ladi.
Tajribalar natijalarini umumlashtirib rus olimi Lens induksion tok yo`nalishini aniqlash qonunini topdi.Bu qonun uning sharafiga Lens qonuni deb atalib,quyidagicha ta`riflanadi:har doim induksion tokning magnit maydoni tokning o`zini yuzaga keltirgan magnit induksiya oqimining o`zgarishiga qarshi ta`sir ko`rsatadi.
O`tkazgichda hosil bo`lgan induksion tokning yonalishi o`hg qo`l qoidasidan foydalanib aniqlanadi.Bu qoida quyidagicha ta`riflanadi:Agar o`ng qolimizni magnit maydonda magnit induksiya vektori kaftimizga kiradigan qilib ,900 ga kerilgan bosh barmog`imizni esa o`tkazgichning harakat yonalishini korsatadigan qilib tutsak, u holda yozilgan to`rtta barmog`miz induksion tokning y`onalishini ko`rsatadi.
Induksion tok faqat berk o`tkazgichdagina bo`lishi va o`tkazgichning qarshiligiga qarab katta yoki kichik bo`lishi mumkin.Induksion EYKberk bo`lmagan o`tkazgichda ham yuzaga keladi,bunda uning qiymati o`tkazgichning qarshiligiga bog`liq bo`lmaydi.Shuning uchun elektromagnit induksiya hodisasini o`rganishda induksion EYK katta ahamiyatga ega bo`lib , quyidagicha ta`riflanadi:O`tkazgich konturidan otayotgan magnit induksiya oqimining har qanday o`zgarishida bu konturda induksion EYK vujudga keladi. Induksion EYK quyidagicha formula bilan aniqlanadi: E=-Ф\t.
O`lchov birligi: 1V=1Wb\1s hosil bo`ladi.
Mavzuga doir masala ishlash:(5min)
Berilgan:Ф=1Wb; t=2s. E-?
Yechish:E=-Ф\t
Xisoblash:E=-1WB\2s=-0,5V
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar:(8min).
1.Ersted nimani kashf etgan?
2. Elektromagnit induksiya hodisasi qanday hodisa?
3.Faradey qanday tajribaiar o`tkazgan?
4.Lens qanday qonun yaratgan?
5. Induksion EYK qanday formula bilan aniqlanadi?
O`quvchilarni baholash(1min).
Uyga vazifa berish(1min).
Do'stlaringiz bilan baham: |