Sinfdan tashqari o’qish darslarida q muxammadiy ijodini o’rganish


Quddus Muhammadiy- bolalarning shoiri.Shoir she`rlarinig mazmun-mundarijasi



Download 44,64 Kb.
bet3/4
Sana29.05.2022
Hajmi44,64 Kb.
#617425
1   2   3   4
Bog'liq
q muxammadiy

2.1Quddus Muhammadiy- bolalarning shoiri.Shoir she`rlarinig mazmun-mundarijasi.
Quddus Muhammadiy XX asr o`zbеk bolalar shе’riyatini mavzu mundarija hamda janriy xilma-xillik bilan boyitgan zabardast shoir. Uning ijodi o`tgan asrning 30-yillaridan, to yangi asr bo`sag`asiga qadar kеng qamrovli shakl va tamoyil kasb etdi. Shu davr mobaynida shoir shе’rlarini bog`cha bolasidan tortib, maktabni tamomlayotgan o`spirinlargacha birdеk sеvib o`qidi, qo`shiq qilib kuyladi. Q.Muhammadiyning alohida chop etilgan shе’riy to`plamlari, ertak-dostonlaridan tashqari, birgina maktab darsliklariga kiritilgan asarlarining o`ziyoq, uning ommabop va hammabop shе’rlar yozganidan dalolat bеradi. Muhimi, ana shu ehtiros hali-hanuz sўngani yo`q. Shoir shе’rlari mustaqillik bolalari tomonidan ham birdеk, sеvib o`qilmoqda. Shunga yarasha ijodkor badiiy olamining talqini o`zining yangi qirralari bilan to`lishib bormoqda.Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylarning katta adabiyotiga bag`ishladi..Haqiqatdan ham shoir she`rlarining mavzui bepoyon Vatan, uning mehnatsevar xalqi, shirin «o`g`il-qizlari»dir. Asarlarining ovozi ham, «parvozi» ham, «ilhomi»ning «oltin o`zagi», she`rining «husn-bezagi» ham shulardir. Shoir o`z asarlarida bolalarning yurak tuyg`ularini, orzu va intilishlarini, o`qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi kamchiliklarni qoralaydi, uni yo`qotish yo`llarini izlaydi, topadi, o`z o`quvchisiga talabchan o`rtoq, qattiqqo`l ustoz sifatida yo`l ko`rsatadi.Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolalarga nima xunigu nima chiroylik, nima yaxshi-yu nima yomon, juda go`zal nima-yu juda qiziq nima ekanligi haqida yozadi. U o`z she`rlari bilan bolalarda estetik didni o`stirishga, go`zallik haqida tassavur hosil qilishga harakat qiladi.To`qson yillik umrini bolalarga she`r, qo`shiq, doston, doston-ertak yaratishga qaratgan Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Bo`lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov ancha savodli kishi edi. Shu sababii u dastlabki ma`lumotni otasidan oldi.1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy awal amakisinikida, so`ngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q.Muhammadiyning birinchi she`ri «Chuvalachi» maydonga keladi va bu yerda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi. Shu ilk mashqlaridayoq bo`lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko`rinadi. U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo`jalik texnikumiga o`qishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun she`rlar yoza boshlaydi. Uning «Tong o`yini», «Paranji», «Ahmad va asalari», «Seleksiya stansiyasi» nomli she`rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika o`qituvchisi bo`Iib ishlaydi, shu bilan birga O`rta Osiyo davlat univeisitetining biologiya fakultetida o`qiy boshladi.Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning g`amxo`rliklari Q.Muhammadiy qalbida bir umr o`chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o`zaro do`sflik bo`lajak shoir qalbini tordek ko`tarib yuboradi.Quddus Muhammadiy Oybek, H.Olimjon, G`.G`ulomlarni o`zi uchun ustoz deb bilgan, ulardan o`rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo`lgan. Ilk she`rlaridan biri «Tong o`yini» orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste`dodli bolalar shoirini hamisha qo`llab-quvvatlab, ijodiga g`amxo`rlik qulib kelgan.
Bir kuni Yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon she`r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi.Q.Muhammadiy zavq bilan «Sa`va sayrarkan» she`rini o`qiydi. Q.Muhammadiyning ijodiy qobiliyatini payqagan H.Olimjon she`r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she`r yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she`r ma`qul tushganini aytadi. So`ng, bolalar uchun she`rlarning kamligi haqida to`xtalib, mana shunday ajoyib she`rlarni ko`proq yozishni ta`kidlaydi.Q.Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a`lo o`qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo`lishga da`vat etish, fan va texnikani o`rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi.Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda и xalq og`zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko`p narsalarni o`rganadi.Shoirning birinchi she`rlar to`plami 1946 yilda «O`quvchiga esdalik» nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari bosilib chiqdi.Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she`rni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg`in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o`qishga, hunar o`rganishga, odobli bo`lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordam berdi. Buni shoirning «O`quvchiga esdalik» she`rida ko`rish mumkin. Asarda maktab o`quvchisining ma`naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta`kidlaydi:San`atkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, da`vatkorlik, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, a`lo o`qish, axloq-odobli bo`lishda boshqalarga ko`mak ko`rsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon bo`lishdek ibratomuz ma`no va mazmun yotadi.Quddus Muliammadiy sofdil, a`lochi o`quvchi bolalarni samimiy sevadi, o`z she`rlarida bunday bolalarni maqtaydi. «A`lochi Sodiq», «Sinov», «Mening orzum», «Bizning uyda», «Yasha, Omon!», «Besh», «Solijonning darsxonasi» va boshqa she`rlari a`lochi o`quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu she`rlari orqali a`lo o`qish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulog`iga quyadi. S.Marshakning «Kitobimizni qanday nashr qiladilar?» shе’ridan ilhomlanib yozilgan «Kitob» shе’rida ham uning bunyodga kеltirilishidan iborat mеhnat jarayoni butun tafsiloti bilan bir-bir bayon etilgan. Ha, kitobning kitob bo`lmog`i uchun qog`oz kеrak. Qog`oz esa paxtadan tayyorlanadi. Paxtani paxtakor mеhnatisiz tasavvur qilib bo`lmaganidеk,undan qog`ozni tayyorlash ham o`z -o`zidan bo`lmaydi. Paxta qog`ozga aylangunicha, «ming chig`iriqdan o`tadi». Lеkin hali qog`ozning o`zi kitob dеgani emas, uni kitobga aylantirish uchun «qancha olim, shoirlar» «uyqusini tark etib» ijod qilishi, so`ngra uni nashriyotga eltishi, shundan kеyin uni Bosmaga bеrish kеrak.Kitobdan olingan boshqa taassurotlar ham shunday bayonchilik bilan bеriladi.» (Qarang:O`zbеk bolalar adabiyoti. Maqollar. T., «Yosh gvardiya», 1969, 51-b.) Aslida shе’r uchun ekspozitsiya vazifasini bajargan bu satrlar o`quvchining kitobdan olgan taassurotlari bayoni esa-da, bunday umumiy taassurotni har qanday o`quvchi ham ayta olishiga shubha bilan qarash asossizdir. Holbuki, Q. Muhammadiy «Etik» shе’rida ham shu xilda shе’riy ekspozitsiya yasab, so`ngra etikning bunyodga kеltirilishi jarayonining poetik tavsifiga o`tgan edi. Dеmak, bunday ekspozitsiyalar bilan voqеa tafsilotiga ko`chish shoir uslubiga xos hodisadir. Shu holatni anglamaganidan L.Bat ikkinchi bir asossiz da’voni o`rtaga tashlaydi. «Kеyin, -dеb yozadi u, – aslida mustaqil ikkinchi shе’r bayon qilinadi: Q.Muhammadiy o`zining yosh qahramoni tili bilan kitob yaratilishini yozuvchi, rеdaktor ishidan boshlab to bosmaxonadan chiqishiga qadar aytib bеradi.
Undan olov – dud chiqib, Abgor bo`pti bu safar.
Qosh, pari kuyib kеtti, Tashqari g`iz-g`iz sovuq.
Chumchuqcha qip yalang`och, Egnida par to`ni yo`q.
Kuygan a’zo-badani, Achishardi jizzilab.
Shundagina u o`z nojo`ya hatti-harakti haqida o`ylashga majbur bo`libdi: Ko`pchilikning qadri ko`p, Chumchuqchaga bilindi. Yolqizlik yomon ekan, Boshiga tushib bildi. Xatosin tushunibdi.
Dildirab, o`lay dеb turganida Musicha xola yana joniga oro kiribdi. Ota-ona urug`i bundan xabar topib, Musicha xolaga uni asrab olgani uchun minnatdorchilik bildirib, “gap uqmas o`jar bola”sini o`z inlariga olib kеtishibdi: Chumchuqcha esa: – Ayrilmayman sizlardan,Ta’zirimni xo`p edim, – dеya tavba qilib, ko`pchilikdan uzr so`rabdi. O`shandan bеri u jamoasidan ayrilmay, birga yurib, birga ishlarkan…“Qo`ng`izvoy bilan Sichqonvoy” Q.Muhammadiy ijodiyotidagi shoh asar bo`lib, 1940 yilda yozilgan va dastlab “Mushtum” jurnalida “Qo`ng`iz bikach bilan Sichqonvoy” nomi ostida o`sha yili bosilib chiqqan. Shoir uni yana qayta ishlov bеrib, takomillashtirib 1955 yilda hozirgi nomi bilan e’lon qildi. Shundan bеri bu asar shoirning 1957 yil bosilgan “Tanlangan asarlar” va 1977 yilda “Tabiat alifbеsi” ning uchinchi kitobi bo`lmish “Taniqli do`stlar”da qayta-qayta nashr etildi. Binobarin, bu asar o`zbеk bolalar epik poeziyasi taraqqiyotida ayricha salmoqqa ega bo`lib, X.Olimjon, Mirtеmir va S.Jo`ralar o`tgan asrning 30 – yillarida qaror toptirgan shе’riy ertaknavislik an’anasi hosilasi sifatida yuzaga kеldi. Bor ekanda, yo`q ekan, Och ekanda, to`q ekan.
Ha, kimki bola tarbiyasida xuddi bogʻbon kabi yoʻl tutadigan boʻlsa, uning farzandi kelajakda oʻqimishli, aqlli, hushli boʻladi. Zero, Quddus Muhammadiyning ham maqsad-murodi shunday. Otaxon shoirning har bir asaridan kichkintoylarni to^riso^z, oʻqimishli boʻlishga chorlovchi misralarni topish mumkin.
Kichkintoylarning buyuk shoiri Quddus Muhammadiy 1907 yilda, Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Boʻlajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov savodli kishi edi. U dastlabki maʼlumotni otasidan oldi.
1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, soʻngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q. Muhammadiyning birinchi sheʼri – “Chuvalachi” maydonga keladi va bu yerda chiqadigan “Quyosh” nomli devoriy gazetada eʼlon qilinadi.
Shu ilk mashqlaridayoq boʻlajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish isteʼdodi hamda umumlashtirish mahorati yaqqol koʻrinadi.
U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xoʻjalik texnikumiga oʻqishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun sheʼrlar yoza boshlaydi. Uning “Tong oʻyini”, “Paranji”, “Ahmad va asalari”, “Seleksiya stansiyasi” nomli sheʼrlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.
1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika oʻqituvchisi boʻlib ishladi, shu bilan birga Oʻrta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida oʻqiy boshladi. Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning gʻamxoʻrliklari Q. Muhammadiy qalbida bir umr oʻchmas iz qoldiradi. Bu yerdagi oʻzaro doʻstlik boʻlajak shoir qalbini togʻdek koʻtarib yuboradi.
Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, Gʻ. Gʻulomlarni oʻzi uchun ustoz deb bilgan, ulardan oʻrgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda boʻlgan. Ilk sheʼrlaridan biri “Tong oʻyini” orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu isteʼdodli bolalar shoirini hamisha qoʻllab-quvvatlab, ijodiga gʻamxoʻrlik qilib kelgan.
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira boʻladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon sheʼr oʻqish navbatini Quddus Muhammadiyga beradi. Q. Muhammadiy zavq bilan “Saʼva sayrarkan” sheʼrini oʻqiydi. Uning ijodiy qobiliyatini payqagan H. Olimjon sheʼr tugashi bilan yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri sheʼr yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, sheʼr maʼqul tushganini aytadi. Soʻng bolalar uchun sheʼrlarning kamligi haqida toʻxtalib, shunday ajoyib sheʼrlarni koʻproq yozishni taʼkidlaydi.
Quddus Muhammadiy ijodiga xos boʻlgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, aʼlo oʻqish, xulq-odobda boshqalarga namuna boʻlishga daʼvat etish, fan va texnikani oʻrganish masalalari asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom Shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom Shoirdan koʻp narsalarni oʻrganadi.
Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1946 yilda “Oʻquvchiga esdalik” nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari chop etiladi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir sheʼrni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizgʻin yozdi, soz yozdi. Bolalarni oʻqishga, hunar oʻrganishga, odobli boʻlishga, mehnatga chorlaydi, qiziqtirdi. Buni shoirning “Oʻquvchiga esdalik” sheʼrida koʻrish mumkin. Asarda maktab oʻquvchisining maʼnaviy qiyofasi va vazifalariga mufassal toʻxtalib, oʻqish, bilim oʻrganish zarurligini taʼkidlaydi:
Sanʼatkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, aʼlo oʻqish, axloq-odobli boʻlishda boshqalarga oʻrnak koʻrsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon boʻlishdek ibratomuz maʼno va mazmun yotadi.
Shoir oʻquvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan masalalarinigina qalamga oldi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali qilib tasvirlashga urindi. Bu esa u tomonidan ishlatilgan tasvirlash vositalarining naqadar oʻrinli va mazmundorligini tasdiqlaydi, obrazli ibora eng qisqa ifodali va mazmundor ibora ekanini isbotlaydi.
Quddus Muhammadiy sofdil, aʼlochi oʻquvchi bolalarni samimiy sevadi, oʻz sheʼrlarida bunday bolalarni maqtaydi. “Aʼlochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzum”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon!”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va boshqa sheʼrlari aʼlochi oʻquvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu sheʼrlari orqali aʼlo oʻqish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulogʻiga quyadi.
Quddus Muhammadiy ijodining yana bir qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bogʻliq. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qoʻli tilga kirdi” kabi koʻplab sheʼrlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning “Dum” sheʼri shu jihatdan eʼtiborlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay “dum” bilan yuruvchi oʻquvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan koʻpgina asarlarni bilamiz. Ammo Quddus Muhammadiy “dum” chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi soʻz va qiyofa topgan.
Dum bilan yurish inson shaʼniga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas Turgʻunlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir.
Shoir ijodiga nazar tashlasak, mehnatga muhabbat mavzusi alohida oʻrin tutishini aytish mumkin. “Bobomning mehnati”, “GES qurilishi”, “Mirob”, “Bu binoni kim qurgan?”, “Etik”, “Madraim payvandchi”, “Mamajon shofyor” va boshqa shu kabi sheʼrlarda mehnat simfoniyasi jaranglab turadi. Bu yerda shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, mehnat ahlini sevish, ularning bunyodkor faoliyatlarini qadrlash birinchi oʻrinda tasvirlanadi.
“Etik” sheʼrining qahramoni Solijon degan bola. U hali kichkintoy boʻlishiga qaramasdan mushohadasi oʻtkir, odobli. U “Oʻrdak burunli kavkazcha etigiga gard yuqtirmaydi”. Shunga koʻra uni olifta bola ekan, deb oʻylash ham mumkin.
Shoir Solijon bilan uning etigi orasidagi munozaraga diqqatni qaratadi. Etik oʻzining chiroyliligini koʻz-koʻz qilmoqchi boʻladi:
.Solijonning “oʻrdak burunli kavkazcha”, etigini “puf-puflab” kiyib yurishi uning tikilishiga sarf qilingan mehnatni yaxshi bilishidan, eʼzozlashidan. Bolalar tabiatan olam sirlarini bilishga astoydil qiziqadilar. Shoirning “Dunyoda eng kuchli nima?” sheʼri ana shu qiziqishning badiiy ifodasi sifatida eʼtiborga loyiq. Shoir filni “togʻni ortsang koʻtaradi”, sherni “filni ham tikka yeydigan”, suvni “daryo, soy, irmoqlari, buloqlari koʻp”, sovuqni “daryolarni tosh qotirgan”, issiqni “qish, sovuqni qochirgan”, togʻlarni “togʻ-u toshni qulatar”, quyoshni “qarimaydi, uchmaydi” deb har xil mavjudot va hodisalarga xos eʼtiborli xususiyatlarni gʻoyat jonli, qiziqarli ifodalab, ularni bolalarning suhbati orqali sheʼriy ravishda ifodalaydi. Buni oʻqigan bola hodisalarning maʼnosi nimadaligini, ularning hayotdagi oʻrnini tushunib oladi. Bu bolaning fikrini, qobiliyatini, ongini, dunyo haqidagi tushunchasini oshiradi. Ayniqsa, yosh kitobxon dunyoda kuch-qudrat, aql-zakovatda insonga teng keladigan hech narsa yoʻq ekanligini bilib oladi:
Dum bilan yurish inson shaʼniga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas Turgʻunlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir.

Download 44,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish