3.Yangi mavzuni bayon qilish.
Ko'pburchaklar.
1. Ko'pburchaklar. Ko'pburchak tushunchasi bilan Siz 7-sinfda ta-nishgansiz. Avval siniq chiziqqa ta'rif berilib, so'ngra sodda siniq chiziq tushunchasi kiritilgan. Agar siniq chiziq o'z-o'zi bilan kesishmasa, bunday siniq chiziq sodda siniq chiziq deyiladi. 1- rasmda sodda siniq chiziq, 2- rasm-da esa o'z-o'zi bilan keshishadigan (B nuqtada) siniq chiziq ko'rsatilgan.
So'ngra yopiq chiziq tushunchasi bilan tanishgansiz. Siniq chiziqning boshi va oxirgi uchi ustma-ust tushsa, siniq chiziq yopiq siniq chiziq deb ataladi (3- rasm). Sodda yopiq siniq chiziq tekislikni shu siniq chiziqqa tegishli bo'lmagan ikki sohaga — ichki va tashqi sohaga ajratadi, u shu sohaning umumiy chegarasidir. 4- rasmda ichki soha bo'yab ko'rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |