Mavzu: Sonli tengsizliklar va ularning asosiy xossalari.
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad:
O`quvchilarda sonli tengsizliklar va ularning asosiy xossalari haqidagi bilimlarni shakllantirish, ularga sonli tengsizliklar va ularning asosiy xossalari ga doir misollar yechishni o`rgatish hamda matematik bilimlarni berishda davom etish.
b) tarbiyaviy maqsad:
o`quvchilarni o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |