Darsning texnik jixozi: ___________________
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun 3 xil gul tasvirlaridan foydalaniladi..
Besh yulduz ichida atir gul - “5”ball.
To`rtburchak ichida lola gul - “4”ball
Uchburchak ichida chinni gul - “3”ball
2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1.Burchak bissektrisasi deb nimaga aytiladi?
2. Burchaklarni qanday taqqoslaymiz?
3. Burchaklarni qanday o`lchaymiz?
4. Transportirdan qanday foydalanamiz?
5. Qo`shni burchak deb nimaga aytiladi?
6. Vertikal burchak deb nimaga aytiladi?
7. Teorema va aksioma deb nimaga aytiladi?
3.Yangi mavzuni bayon qilish.
To‘g‘ri chiziqning ixtiyoriy nuqtasidan unga yagona perpendikular to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin.
Isbot. Aytaylik, AB to‘g‘ri chiziq va undagi O nuqta berilgan bo‘lsin (2-rasm). Ma’lumki, OB nurga uchi O nuqtada bo‘lgan, 90° li COB burchak qo‘yish mumkin. Xuddi shu CO to‘g‘ri chiziq AB to‘g‘ri chiziqqa perpendikular to‘g‘ri chiziq bo‘ladi.
Endi bu to‘g‘ri chiziqning yagona ekanligini isbotlaylik. Teskarisini faraz qilamiz, ya’ni O nuqtadan o‘tuvchi, berilgan AB to‘g‘ri chiziqqa perpendikular bo‘lgan yana bitta DO to‘g‘ri chiziq mavjud bo‘lsin. U holda, DOB va COB burchaklarning har biri 90° li bo`lib, OB nurga qo‘yilgan burchaklar bo`lib qoladi. Lekin, OB nurga muayyan gradus o‘lchovga ega yagona burchak qo‘yish mumkinligi haqidagi aksiomaga ko‘ra bunday bo‘lishi mumkin emas.
Demak, AB to‘g‘ri chiziqqa A nuqtadan faqat bitta perpendikular to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin ekan. Teorema isbotlandi.
To‘g‘ri chiziqqa perpendikular o‘tkazishning amaliy yo‘riqlari:
1-usul. Transportir yordamida
2-usul. To‘g‘ri burchakli chizg‘ich yordamida.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Masala: Biror to‘g‘ri chiziq chizing. Unda yotmaydigan biror nuqtadan to‘g‘ri chiziqqa perpendikular va bir nechta og‘malar o‘tkazing. Perpendikular va bu og‘malarning uzunliklarini o‘lchang va o‘zaro taqqoslang. Qaysi kesmaning uzunligi eng kichkina bo‘ladi? Javobingizni taxmin (gipoteza) ko‘rinishida ifodalang. Bu taxminning to‘g‘riligini isbotsiz qabul qilsa bo‘ladimi yoki uni albatta isbotlash kerakmi?
Darsni mustahkamlash uchun mavzu bo`yicha masalalar yechish.
Yangi mavzuga doir darslikdagi - misollarni har qatordan bittadan o`quvchilar chiqib doskada yechadilar. Qolgan o`quvchilar masalalarni daftarlarida yechadilar, doskadan oldin bajargan o`quvchilarning misollari o`qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi.
5. Darsni yakunlash va darsda yaxshi qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.
O`quvchilarning olgan baholarini jurnalga va kundalikka qo`yish.
6. Uyga vazifa: - masalalar
O`TIBDO` __________ _____________________
Do'stlaringiz bilan baham: |