3.Yangi mavzuni bayon qilish.
1000 metrli masofa haritada 1 smli kesma bilan tasvirlangan. 1000m=100000 sm bo’lgani uchun bu masofa haritada 100000 marta kichraytirilgan bo’ladi.
Masshtab-chizmadagi o’lchamning haqiqiy o’lchamga nisbati. Odatda masshtab 1/10,1/100,1/1000 kabi belgilanadi.masala.Xaritada 2 nuqta orasidagi masofa 3 smga teng.Agar xaritaning masshtabi 1/1000000 bo’lsa , haqiqiy masofani toping. 3*1000000=3000000(sm)=30(km)
Javob:Masofa 30 km.
. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darsni mustahkamlash uchun mavzu bo`yicha misollar yechish.
Yangi mavzuga doir darslikdagi 153-157 - misollarni har qatordan bittadan o`quvchilar chiqib doskada yechadilar. Qolgan o`quvchilar misollarni daftarlarida yechadilar, doskadan oldin bajargan o`quvchilarning misollari o`qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi.
5. Darsni yakunlash va darsda yaxshi qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.
O`quvchilarning olgan baholarini jurnalga va kundalikka qo`yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |