Darsning blok sxemasi.
Berar bizga hayotdan saboq.
U bordurki, kelajak porloq.
Sinfimizning shiori:
Kamol topib,halol o’sib zo’r bo’lamiz,
Bilim olib xalq yo’liga nur bo’lamiz.
Maqsad sari intilamiz,adashmaymiz,
Yurt deganning yuragiga qo’r bo’lamiz.
Bizlar-yaxshi bolamiz,
Ochilgan gul,lolamiz.
Ota-ona izmidan,
Ustozlarning so’zidan,
Bizlar also chiqmaymiz.
Sinfdagi barchamiz,
Darsga shay gul-g’unchamiz.
Sinfda bugun kim navbatchi:
Menman bugun navbatchi
Sinfni tozalovchi
O`quvchilar haqida
Ma`lumotlar beruvchi.
1-“b” sinfimiz
31 o`quvchimiz
Qiz bolalar – 18 ta
O`g`illarchi – 13 ta
Barchalari kelishgan
Darsga tayyor bo`lishgan.
S
inf uch guruhga bo`linadi.
1
-guruh: Alisher Navoiy
2-guruh: Mirzo Ulug`bek
3-guruh: Amir Temur
O`quvchilardan sana, hafta kuni, oy va fasl haqida so`raladi.
Qisqa savol javob:
2016-yil Prezidentimiz tomonidan qanday nomlandi?
“Sog`lom ona va bola yili”
O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
O`quvchilar uyga berilgan vazifa “Alisherning yoshligi” hikoyasi mazmunini “Zanjir” usulida navbat bilan so`zlab beradilar.
Savollarga javob beriladi.
Kiyikni Alisherga kim olib kelgan edi?
Alisherning do`sti kim bo`lishni orzu qildi?
Yangi mavzu bayoni:
“Non isi” rivoyati ekran orqali namoyish etiladi.
Rivoyat o`qituvchi tomonidan o`qib beriladi. Rivoyat haqida o`quvchilarga ma`lumot beriladi:
RIVOYAT xalqning tarixiy o’tmishi haqidagi badiiy yodnomalar.Biz rivoyatlar va afsonalar tufayli ajdodlarimiz ko’rsatgan buyuk qahramonliklar haqidagi tarixni bilib olamiz.Rivoyatlar afsonalarga qaraganda tarixga yanada yaqin turadi.Ular ham xalq ijodidir.Ertakni ertakchi, dostonlarni baxshilar ijro etganlari holda afsona va rivoyat istalgan kishi tomonidan aytilishi mumkin.
Matnda uchragan notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.
Lug`at ishi:
isi – hidi
xushbo`y – yoqimli hid
boshlari qotibdi – javob berishga qiynalibdilar
murojaat qilish – yuzlanish, so`rash
istayotgan edim – xohlayotgan edim
Hikoya mazmuni tushuntirilib beriladi. So`z mulki sultoni Alisher Navoiy haqida so`zlanadi.
T
arixni bezamish ne ulug` zotlar,
Ular ta`rifida ojiz ming baytlar.
Lekin bir shoir bor buyukdan buyuk,
Barchaga manzur-u, barchaga suyuk.
Ming to`rt yuz qirq birinchi yil,
Olamni titratgan dog`uli bir she`r.
Nazm gulshanida o`chmas sham bo`lib,
Dunyoga keldi-ku hazrat Alisher.
Tug`ilib dunyoga keng nigoh tashlab,
Barchani ma`rifat yo`liga boshlab.
Go`daklik chog`idan ilmni ushlab,
Dunyoga keldi-ku hazrat Alisher.
O`quvchilar A.Navoiyning hikmatli so`zlaridan namunalar aytadilar.
O`quvchilarga “Siz nonning qanday turlarini bilasiz?” savoli beriladi. Ular javob berganlaridan keyin non turlari ko`rsatiladi.
DAM OLISH DAQIQASI
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslik bilan ishlash.
“Non isi” rivoyati o`quvchilarga o`qitiladi.
Rivoyat asosida o`quvchilar sahna ko`rinishi namoyish etishadi.
“Bir haqiqat, uch yolg`on” mashqi. Ekranda namoyish etiladi.
Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi? (chiroyli narsani, antiqa narsani, xushbo`y narsani, bebaho narsani)
Vazirlar kimga murojaat qilishdi? (Amir Temurga, A.Navoiyga, M.Ulug`bekka, Ibn Sinoga)
Navoiy qanday maslahat berdi? (gul olib borishni, kitob olib borishni, sehrli sandiqcha olib borishni, non olib borishni)
O`quvchilarni baholash.
Guruhlar ballari hisoblanib, o`quvchilar darsdagi ishtiroki va faolligiga ko`ra baholanadi.
Uyga vazifa.
“Non isi” rivoyatini ifodali o`qib, so`zlab berish va non turlaridan bir nechtasini rasmini chizish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
2- sinf o’qish kitobi
Boshlang’ich ta’lim jurnali