8. O‘rta Osiyoga Arktika havo massalari qaysi faslda kirib keladi?
A) bahorda B) yozda
С) kuzda D) qishda
9. Havo frontida necha xil havo massasi o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi?
A) ikki B) uch
С) to‘rt D) besh
10. Markaziy Osiyo (Sibir) antisiklonining katta g‘arbiy tarmog‘i Qozog‘istonning qaysi qismlarini egallaydi?
A) janubiy va sharqiy
B) shimoliy va g‘arbiy
С) janubiy va g‘arbiy
D) markaziy va shimoliy
11. Sovuq havo massalarini Eron, Afg‘oniston hududidagi iliq tropik havodan ajratib turadigan qutb fronti O‘rta Osiyoning qaysi qismi ustida joylashadi?
A) markaziy B) g‘arbiy chekkasi
С) janubiy chekkasi D) sharqiy chekkasi
Do'stlaringiz bilan baham: |