10. Ustyurt platosining qaysi qismi qirlardan iborat?
A) shimoliy B) markaziy
C) sharqiy D) janubiy
11. Ustyurt platosining shimoliy qismi qanday relyef shakllaridan iborat?
A) qirlardan B) qumli tekisliklardan
C) botiqlardan D) qir va botiqlardan
12. Borsakelmas, Sariqamish, Qorniyoriq kabi botiqlar Ustyurt platosining qaysi qismida joylashgan?
A) shimoliy B) markaziy
C) sharqiy D) janubiy
13. Qaysi plato to‘lqinsimon tekislikdan iborat?
A) Badxiz B) Qorabel
C) Ustyurt D) To‘rg‘ay
14. Tog‘oldi va tog‘ oralig‘ida joylashgan tekisliklarga qayerlarni misol qilib keltirish mumkin?
A) Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l, Quyi Amudaryo vodiylari
B) Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari
C) Mirzacho‘l, Zarafshon, Quyi Amudaryo vodiylari
D) Qashqadaryo, Surxandaryo, Sirdaryo vodiylari
15. O‘rta Osiyoda tekisliklarni tog‘lar qaysi tomondan o‘rab turadi?
A) sharq va shimoli sharq B) sharq va janub
C) janub va janubi sharq D) janub va g‘arb
Do'stlaringiz bilan baham: |