O`ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI XАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI
BUXORO VILOYAT XALQ TA’LIM BOSHQARMASI
BUXORO TUMAN XАLQ TА’LIMI
BO`LIMI
21-sоnli umumiy o`rtа tа’lim mаktаbi
2020-2021 o`quv yili uchun
“SINF RAHBARLARI”
METODBIRLASHMA REJASI
2020-2021-o’quv yilidagi
Sinf rahbarlari metodbirlashma
vazifalari
1. Tegishli yo’nalish yoki o’quv fanini o’qitishga doir me'yoriy va metodik hujjatlarni o’rganadi, ularni o’quv jarayoniga tadbiq etish usullarini ko’rsatib beradi.
2. O’qituvchilarni g’oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi.
3. Fanlar bo’yicha taqvimiy-mavzuiy rejalarini tasdiqlashga tavsiya etadi.
4. Oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlaydi.
5. Ilg’or o’qituvchilar ish tajribalarini o’rganishni tashkil qiladi va ommalashtiradi.
6. Davlat ta'lim standartlari talablarini, o’quv rejasi va dasturlari bajarilishining ta'minlanishiga metodik yordam ko’rsatadi.
7. Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan muqobil darsliklarni muhokama qiladi va ulardan birini tanlab, fan o’qituvchilariga amalda qo’llash uchun tavsiya etadi. Zarur bo’lgan hollarda muqobil darsliklardan biriga buyurtma beradi.
8. Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko’ra DTS talablari bajarilishida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
9. Tegishli yo’nalish yoki Fan bo’yicha ta'lim muassasasida metodik ta'minotga bo’lgan ehtiyojni aniqlaydi.
10. O’quvchilarga chuqur bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yordam berish maqsadida o’qitishning ilg’or usullarini joriy etishni tashkil qiladi.
11. Darslarni o’zaro kuzatishlarni tashkil qiladi, natijalarini tahlil qiladi va mutaxassisilarga amaliy yordam beradi.
12. O’qitish metodlarini o’rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi, ilg’or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o’rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.
13. O’quv jarayoniga o’qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kiradi, o’quv Fani bo’yicha yangiliklarni qo’llashga doir muntazam ravishda metodik ko’rsatmalar berib boradi.
14. Yosh mutaxassislarga metodik yordam beradi.
15. Ko’rgazma va ko’rsatmali vositalardan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalar beradi.
16. O’quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir yo’llanmalar beradi.
17. Yangi o’quv dasturi, darslik, metodik qo’llanma va boshqa metodik ishlarning yangi nashrlarini, shuningdek, fanga doir maholalarni o’rgandi va muhokama qiladi.
18. Nazorat turlariga doir metodik ko’rsatmalar beradi va ular asosida nazorat topshiriqlarini ishlab chiqishni tashkil etadi.
19. O’qituvchilarning o’z ustida ishlash, malaka oshirish va ijodiy xizmat safarlari bo’yicha hisobotlarini eshitadi.
20. Fan o’qituvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda, ma'naviy va moddiy rag’batlantirishga tavsiya qiladi, shuningdek, attestatsiya jarayonida o’z hulosasini beradi.
21. O’qituvchilarning DTS va o’quv dasturi hajmi doirasida bilimlarini baholashda mavjud mezonlarga rioya etishni nazorat qiladi.
22. Fanlar bo’yicha maktab miqyosida haftaliklar tashkil qiladi, Fan olimpiadalarining birinchi bosqichlarini, ko’rik-tanlovlarni o’tkazadi.
23. Fanlar bo’yicha sinfdan tashqari (fakultativ, to’garak) ishlarini muvofiqlashtiradi.
24. Fan xonalarining me'yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etadi.
25. O’qituvchilarning dars jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talablarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |