Rejaning shakl va yo’nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo’lishi. Tarbiyaviy ishning xilma-xil shakl va uslublari bo’yicha ish olib borish tarbiyaviy ishlarni o’quvchilar uchun yanada rang-barang va qiziqarli tarzda olib borishga yordam beradi. Rejada o’quvchilar bilan faqat umumiy holda emas, balki shu bilan birgalikda bolalarning qiziqishlari va mayllarini hisobga olgan holda ham ish yuritishni nazarda tutish muhimdir.
Reja uzluksiz va izchil bo’lishi. Rejada belgilanadigan tarbiyaviy tadbirlar yagona tarbiyaviy jarayonning tadrijiy bo’laklaridan iborat bo’lmog’i kerak. Har bir tadbir o’zidan oldingi tadbirning davomi bo’lishi va erishilgan tarbiya natijalariga asoslanishi lozim. Bu uzluksizlik va izchillikni ta’minlaydi, erishilgan yutuqlar, qimmatli ko’nikmalarni yo’qolib ketishdan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |