Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: an’anaviy, interfaol.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, slaydlar, sport anjomlari.
Kompetensiya: o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
№
|
Darsning borishi
|
Vaqt
|
Uslubiy ko‘rsatma
|
Tashkiliy qism
|
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish.
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. «PODACHI» O‘YINI
Bu o‘yin uchun 4 qadam kattalikda doira chiziladi. Doira ohak bilan belgilanadi. Doira 3 ta o‘yinchi qo‘lidan chim hokkeyi tayog‘iga o‘xshatib yasalgan tayoq bilan turadi. Doira tashqarisida ham hujumchilar 3 joyda joylashadilar, doira o‘rtasida yog‘ochdan bitta nishon tayyorlanadi. Balandligi 5—6 sm yog‘och doiraning markazida turg‘azib qo‘yiladi. Nishonlarning oralig‘i 10—15 sm aylana shaklida terib qo‘yiladi. O‘yin doira tashqarisidan 1 metr uzoqlikda hujumchilar tomonidan kichik to‘pni bir-biriga tez oshirishadi, qulay fursatni topib doira ichidagi himoyachilarni chalg‘itib, o‘rtasidagi nishonlarni birin-ketin urib yiqitishga kirishadi. Taqiqlovchi harakatlar o‘yindan doiradan himoyachilar chiqib ketmaydi. Himoyadagi o‘yinchilar tayog‘i hujumchilarga tegib ketsa, himoyachi doira chizig‘idan tashqariga chiqsa ham jarima belgilanadi. O‘yin vaqtida hujimdagi o‘yinchilar tayog‘i yuqori ko‘tarilsa, o‘yin boshlangan hisoblanadi, himoyachilar doira chizig‘iga koptokni qo‘yib zarb bilan tashqariga, uzoqroqqa urib chiqaradi, havfli harakat ko‘p vaqt ichida takrorlanib turilsa, sanoq — sondan o‘yindan chiqib turadi. O‘yin paytida jamoalarning qaysi biri nishoni tez vaqt ichida koptok bilan urib yiqitsa, shu jamoa g‘olib hisoblanadi. O‘yinchilarning roziligi bilan o‘rinlarini almashtirib, o‘yinni davom ettirishi mumkin. O‘yin ravnaqi uchun o‘yin qoidasiga o‘zgarishlar kiritilgan. O‘yin o‘quvchilarga moslashtiriladi. O‘yinni sport zalida ham o‘ynash mumkin. O‘yin qoidalarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |