2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish.
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda uloqtirish haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda uloqtirish haqida olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. O‘quvchilarga yangi kross tayyorgarligi mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berish.
Kross masofasi bo‘ylab yurish va yugurish texnikasi. Kross yugurishda asosiy diqqat-e’tibor depsinishga qaratiladi. Depsinish to‘liq bo‘lishi uchun oyoq bo‘g‘indan imkon boricha yoziladi. Yugurish qanchalik tez bo‘lsa, depsinish burchagi shuncha o‘tkir (45°-55°) bo‘ladi. Depsinish tugashi bilan mushaklar bo‘shashadi. Qo‘l va oyoqlar tezlikda silkinish harakati bilan oldinga chiqariladi. Muhimi, silkinuvchi oyoqning tizzasi tayanch oyoqning tizzasidan oldinga chiqariladi. Harakatning oxirida silkinuvchi oyoq faol ravishda pastga tushiriladi. Bu esa harakat vaqtini qisqartiradi. Oyoqlar yerga tegishi bilanoq, yelka oldinga chiqadi. Yugurish endi boshlanganda oyoqlar uncha charchamagan bo‘ladi, shunda oyoqlar kaftining oldingi qismini qo‘ying, keyin esa oyoq kaftini butunlay qo‘yasiz. Oyoq yerga tegish oldidan yoki yerga tekkan zahoti u deyarli to‘g‘rilanadi yoki biroz tizzadan bukiladi. Qo‘llar tirsakdan biroz bukilgan bo‘lishi shart, ammo uni ko‘krakka qattiq bosish mumkin emas. Qo‘lni oldinga harakatlantirishda panjalar gavdaning o‘rta chizig‘iga yaqinlashadi, orqaga siltanganda esa tirsak biroz tashqi tomonga qarab harakatlanadi. Shunda qo‘llar erkin tushib, erkin orqaga ketgach, u to‘g‘ri holga keladi.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
2
|
Yangi mavzuni mustahkamlash:
a) kross tayyorgarligi mavzusi yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish;
b) kross tayyorgarligi mavzusi yuzasidan olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
10 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
|