Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: an’anaviy, interfaol.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, slaydlar, sport anjomlari.
Kompetensiya: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
№
|
Darsning borishi
|
Vaqt
|
Uslubiy ko‘rsatma
|
Tashkiliy qism
|
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish.
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. «TO‘P UCHUN KURASH» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. O‘quvchilar kuchlari teng ikki jamoaga bo‘linadi. Jamoalarni bir-biridan ajratish uchun ikki xil rangli kiyim bo‘lishi kerak. Har bir jamoaning onaboshilari saylanadi, ular chek tashlashib, qaysi jamoa o‘yinning boshlashini aniqlaydilar. O‘yinni boshlaydigan jamoa basketbol to‘pini oladi. O‘yin qatnashchilari butun maydon bo‘ylab ikkitadan bo‘lib joylashadilar, ya’ni har bir o‘yinchining yonida qarshi jamoaning o‘yinchisi ham bo‘ladi, ular butun o‘yin davomida bir-birini «ushlashi» kerak.
O‘yin tavsifi. O‘qituvchining signalidan keyin to‘pni olgan jamoa o‘yinchilari oldindan kelishilgan usulda to‘pni bir-birlariga oshira boshlaydilar. Har bir oshirilgan (5—10 marta) to‘p uchun jamoaga bir ochko beriladi. Ochko olingandan keyin, o‘yinni yutqazgan jamoa boshlash huquqiga ega bo‘ladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi.
O‘yin qoidalari. 1. O‘yinda basketbol o‘yini qoidalarini qo‘llash mumkin. 2. O‘yinni boshlashda to‘pni olib yurish mumkin emas. Pedagogik ahamiyati. O‘yin basketbol va qo‘l to‘pi o‘yinlariga tayyorlash hisoblanadi. O‘yin basketbol va qo‘l to‘pi uchun zarur bo‘lgan, to‘pni egallash malakalarini egallashga va takomillashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, o‘yin tashkiliy o‘yinlarni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakatiga, darvozaga yoki halqaga tashlashdan tashqari, qo‘l to‘pini va basketbolni barcha elementlari kiradi.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |