VI asrda quyidagi qaysi daryolar havzalarida o’ndan ortiq voha hokimliklari mavjud edi? 1)Sirdaryo 2)Qashqadaryo 3)Amudaryo 4)Zarafshon 5)Chirchiq 6)Ohangaron
A)1,3,5,6 B)2,3,4,5 C)1,2,4,6 D)1,2,4,5
41.Quyidagi qaysi davlatlar bilan bo’lgan doimiy raqobat Turk xoqonligining ahvolini og’irlashtirgan?
A)Vizantiya, Xitoy, Eron B)Xitoy, Hindiston, Eron
C)Vizantiya, Hindiston, Eron D)Vizantiya , Eftallar, Eron
42.Sug’d ixshidlari ittifoqida quyidagi qaysi vohalarning 11 ta mulklari joylashgan edi?
A)Samarqand, Naxshab, Kesh B)Samarqand, Buxoro, Naxshab C)Samarqand, Buxoro, Kesh D)Samarqand, Poykand, Buxoro
43.Zarafshon vodiysidagi qaysi yodgorliklardan topib o’rganilgan devoriy suratlar, haykallar va ganchkorlik naqshlari o’sha davrning yuksak san’at asarlaridan hisoblanadi? A)Poykand, Varaxsha, Afrosiyob B)Afrosiyob, Panjikent, Poykand C)Varaxsha, Afrosiyob, Buxoro D)Panjikent, Varaxsha, Afrosiyob
44.Quyidagi qaysi shaharda ilk o’rta asrlarda usta hunarmandlar tomonidan o’n turdagi cholg’u asboblari yaratilgan?
A)Samarqand B)Buxoro C)Toshkent D)Xorazm
45.Eftallar davlati nechanchi yillarda dushman hujumi natijasida parchalanib ketadi?
A)563-568 B)562-567 C)563-567 D)555-563
46.Ilk o’rta asrlarda ganchkorlik san’atining nodir yodgorligi namunalari qaysi shahar orqali o’rganilgan? A)Ayritom B)Varaxsha C)Quva D)Afrosiyob
47.G’arbiy Turk xoqonligining poytaxti Chochga ko’chirilgan vaqtni toping.
A)VII asrning birinchi yarmi B)VII asrning ikkinchi yarmi
C)VII asrning 1-choragi D)VII asrning so’ngi choragi
48.Berilgan hokimliklardan qay birining hokimi “dehqon” deb atalgan?
A)Toxariston B)Eloq C)Choch D)Farg’ona
49.Turk hunarmandlari yasagan … xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajralib turgan.
A)zeb-ziynatlar va qurol-yarog’lar B)ipak mato va shisha buyumlar C)chinni idishlar va qurollar D)matolar va lak-bo’yoqlar
50.Turk xoqonligining mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan sabablarni aniqlang.
1)katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilishi 2)bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy sulolar orqali boshqarish tartibi 3)xoqonlik tarkibidagi qabilalarning o’zaro urushlari va ichki nizolari 4)Turk xoqonligi tasarrufida bo’lgan hududlardagi hokimlarning mustaqil bo’lishni istashlari
A)1,3 B)1,4 C)2,3 D)1,2
51.Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda shaharsozligida shahriston maydoni dastlab …dan oshmagan.
A)25 gektar B)20 gektar C)15 gektar D)10 gektar
52.Mustaqil hokimliklardan biri bo’lgan Toxaristonda hunarmandchilikning qaysi sohalari yuksalgan edi?
A)qurolsozlik, zargarlik, to’qimachilik
B)qurolsozlik, shishasozlik, to’qimachilik
C)zargarlik, bo’yoqchilik, kulolchilik
D)shishasozlik, to’qimachilik, zargarlik
53. … O’rta Osiyoda yerga egalik qilish munosabatlari o’rnatildi va mustahkamlanib bordi.
A)V – VII asrlarda B)V – VI asrlarda
C)VI – VII asrlarda D)IV – V asrlarda
54.Ilk o’rta asrlarda qishloqlarda vujudga kelgan istehkomli qasr, qo’rg’on va ko’shklar asosan qanday vazifalarni o’tar edi?
1)tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti 2)bozor savdosining markazi 3)chokarlar to’planadigan joy 4)xalq sayllari o’tkaziladigan joy 5)ma’muriy markaz 6)oziq-ovqat va qurol-yarog’ saqlanadigan ombor
A)1,3,5,6 B)1,3,4,6 C)1,2,3,5 D)1,2,3,4
55.Toxariston qaysi hududlar bilan savdo olib borgan?
A)Hindiston, Uzoq va O’rta Sharq B)Xitoy, Hindiston, Eron
C)Hindiston, Uzoq va Yaqin Sharq D)Xitoy, Vizantiya, Eron
56.Toxariston qaysi hududlarni o’z ichiga olgan va uning chegaralari?
57.Sug’d yozuvlari topilgan hududlar (3 ta)
58.Bizgacha yetib kelgan Sug’d yozuvlarida nimalar haqida ma’lumotlar keltirilgan? (3 ta)
59.Sharqiy va G’arbiy Turk xoqonligining hududlari
60.G’arbiy Turk xoqonligi hukmdorlari qaysi hududlardagi mustaqil hokimliklarga “tudun”larni yuborishgan? (3 ta)
61.27 ta tog’ va tog’oldi viloyatlaridan iborat bo’lgan Toxariston tarkibiga kiruvchi viloyatlar (5 ta)
Do'stlaringiz bilan baham: |