1.2. Uchinchi sinfda amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish
3-sinf matematikasini o’rganish 170 soat darsga mo’ljallangan bo’lib, o’quvchilar
ikkinchi sinfda o’tilganlarni takrorlash, bunda yuzlik ichida amallar (qo’shish,
ayirish, ko’paytirish va bo’lish) bajaradi. SHundan so’ngra minglik, 1000 ichida
qo’shish va ayirish, 1000 ichida ko’paytirish va bo’lish bo’yicha amaliy mashqlar
bajariladi, bu amaliy mashqlarni bajarishda o’quvchilar o’ylaydi, fikrlaydi, bajarish
yo’llarini izlaydi, bu esa o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’sishiga olib
keladi.
Bu kurs 3-sinf matematikasini o’rganishda interfaol usullardan foydalangan holdagi
dars ishlanmasini qaraymiz.
O’YLAYMIZ, IZLAYMIZ, FIKRLAYMIZ
(3-sinflar uchun mujassam mashg’ulot)
Mavzu: «Bilimlar kuni».
Maqsad: a) Matematika darsini Mustaqilligimizning 20 yilligi, Bilimlar kuni va
Toshkentning 2200 yillik yubilyeyi tantanalari ruhida boshlash, ular tarixiga oid
tushunchalar berish;
b) 2-sinfda otilganlarni takrorlash, olingan bilimlarni umumlashtirish;
s) ikki xonali, uch xonali sonlarni qo’shish va ayirish malakasini mustahkamlash;
Jihoz: Mustaqillik ayyomi tantanalari, Bilimlar kuni, Toshkent haqidagi chiroyli
rasmlar, video, dars uchun zarur bcflgan sabzavotlar va mehnat qurollari rasmi,
geometrik
shakllar
tasviri
hamda
didaktik-tarqatma
materiallar,
Darsning borishi:
O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish.
Navbatchi hisobotini eshitish.
O’qituvchi: - Aziz bolajonlar, hozir nima dars?
– Matematika darsi.
– Mana, bugun bilasiz-a, qanday kun? Juda to’g’ri, bugun – Bilimlar kuni.
Respublikamizning barcha ilm maskanlarida o’quv mashg’ulotlari sari birinchi
qo’ng’iroq bong urgan kun. Birinchi dars Respublikamiz Madhiyasini kuylash,
Mustaqillik yillarida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar haqida suhbatlashish
bilan boshianadi. Bu yilgi mustaqillik darslari Toshkent shahrining 2200 yillik
yubilyey tantanalari haqidagi suhbatlar bilan hamohang bo’ib ketadi. Chunki kuni
kecha bu shodiyonalarni ishonchim komilki, o’zingiz ko’rib, guvohi bo’ldingiz,
televizor orqali tomosha qildingiz.
Aziz bolajonlar, ana shunday olam-olam taassurotlar bilan sizlar yana bir sinfga
ulg’ayib, jonajon maktabingizga, undan-da qadrli sinfxonangizga kirib keldingiz.
Darhaqiqat, sentabr oyi bilimlar, bayramlar oyi. Endi shunday tantanalardan keyin
zo’r kayfiyat bilan darsimizni boshlaymiz.
Mana bu – tarqatmalar. Bu tarqatmalarda sizlarning bilimlaringizni boyituvchi turli
topshiriqlar aks etgan. Marhamat, bolajonlar, barchamiz baravar o’ylaymiz va
izlaymiz, fikrlaymiz, topamiz. Qani, bir eslab ko’raylik-chi, arifmetik amallar
haqida qanday qoida mavjud ekan?
- «...Ta ortiq», bu – qo’shish, «...ta kam» esa - ayirish, «...marta ko’p», bu -
ko’paytirish, «...marta kam» esa - bo’lish.
Darslik bilan ishlash:
- Darsligimizning 3-4-5-sahifalarida o’rganishimiz muhim bo’lgan topshiriqlar
berilgan. Qani, bir eslab ko’raylik-chi, Davlat ta’lim standard ya’ni, DTS nima edi?
O’quvchi: - Davlat ta’lim standarti Davlatimiz tomonidan belgilab qo’yilgan,
egallashimiz muhim bo’lgan bilimlar hajmi o’lchovidir.
- Barakalla.
1-mashq mustaqil yechiladi.
100 =10 + 90 100 = 60 + 40
100 = 20 + 80 100 = 100 + 0
100 = 30 + 70 100 = 80 + 20
100 = 40 + 60 100 = 90 + 10
100 = 50 + 50 100 = 70 + 30
2-rasmga qarang va masalalar tuzing.
1) Bitta tarvuz 60 so’m va bitta karam 40 so’m turadi. Xaridor xarid uchun qancha
pul to’lagan?
60 + 40 = 100 (so’m)
Javobi. 100 so’m to’lagan.
2) Tarvuz narxi 60 so’m, oshqovoq narxi esa 50 so’m. Tarvuz necha so’m qimmat
yoki oshqovoq necha so’m arzon turadi?
60 - 50 = 10 (so’m)
Javob: tarvuz 10 so’m qimmat, oshqovoq 10 so’m arzon.
3) Xadicha xola 40 so’mga bitta karam va 50 so’mga bitta oshqovoq sotib oldi. U
xaridi uchun necha so’m to’lagan?
40 + 50 = 90 (so’m)
Javob: 90 so’m to’lagan.
4) Rasmga qarab masala tuzing va yeching.
Bor edi - 10 kg bodring
Ishlatildi - 2 kg va 4 kg bodring
Qoldi - ?, (kg) bodring
a) 2 + 4 = 6 (kg)
b) 10 - (2+ 4) =10 - 6 = 4 (kg) 10 - 6 = 4 (kg)
Javob: 4 kilogramm bodring qoldi.
5) 1-kesma uzunligi 5 sm 2-kesma -?,
undan 4 sm uzun 3-kesma - ?, ikkinchi kesmadan 6 sm qisqa;
1) 5 + 4 = 9 (sm)
2) (5+4) -6 = 9-6 = 3 (sm)
Javob: Uchinchi kesmaning uzunligi 3 santimetr.
6) Chumchuq - 14 ta Kaptar -10 ta
Uchib ketdi – 20 ta Qoldi - ?
a) 14+10=24 (ta)
b)
(14+10)-20=24-20=4
(ta)
24-20=4
(ta)
Javob: 4 ta qush qoldi.
7) Har bir ko’pburchakning nomini ayting. To’rtburchaklar nechta?
1. Oltiburchak;
2. Uchburchak;
3. To’rtburchak;
4. Uchburchak;
5. To’rtburchak;
6. To’rtburchak;
7. Oltiburchak.
To’rtburchaklar 3 ta. 7-masala (yozma bajariladi).
O’qituvchi: - Bolalar, bu masala necha qismdan iborat?
O’quvchilar: - Ikki qismdan.
O’qituvchi: - Masalalar nima haqda ekan?
Bir o’quvchi:
- Mehnat qurollari, ya’ni, qo’larra va randalarni sotib olish haqida.
O’qituvchi: - Judayam to’g’ri. Bolalar, mehnat haqida qanday maqollarni bilasiz?
l-o’quvchi: - Mehnat qilsang – rohat ko’rasan.
2-o’quvchi: - Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik.
3-o’quvchi: - Mehnat – baxt keltirar.
O’qituvchi: - Barakalla, bolalar.
Endi 1-masala shartini shunday izohlaymiz.
Qo’larra -15 ta
Randa - 30 ta
15
+
30
=
45
(ta)
Javob: Hammasi 45 ta.
2) Qo’larra - 5 ta
Randa - ?, 3 ta kam
a) 5 - 3 = 2 (ta)
b)
5
+
(5-3)
=
5
+
2
=
7
(ta)
5
+
2
=
7
(ta)
Javob: 7 ta asbob olingan.
8-masala. Masala sharti o’qituvchi tomonidan o’qib eshittiriladi.
Olma ko’chati - 20 tup
Xurmo ko’chati - 30 tup
Jiyda - ? (tup)
a) 20 + 30 = 50 (ta) 60 - 50 = 10 (ta)
b)
60
-
(20
+
30)
=
60
-
50
=10
(ta)
Javob: 10 tup jiyda ko’chati.
9-mashq. Ikki amalli ifodalar yechimi topiladi.
O’quvchilarni 3 guruhga ajratib, 2 daqiqalik mustaqil ish o’tkaziladi. Yechimni
to’g’ri topgan o’quvchilar «bayram tabrigi» bilan rag’batlantiriladi, buni o’quvchilar
o’z nutqida ifoda etishlari shart. Masalan:
Mahliyo: - Sohiba, bayram muborak, omad senga yor bo’lsin!
Sohiba: - Hilola, rahmat, to’g’ri yechding, Bilimlar kuni bayraming qutlug’ bo’lsin!
Shavkat: - Anvar, doim a’lochi bo’l! Biz sen bilan faxrlanamiz. Bayraming va
yutuqlaring bilan tabriklayman!
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi:
– Men raqamman, raqamman,
Xat-savod o’rgataman,
Hisob sehrin bilsangiz,
Kitob mehrin sezsangiz,
Komil inson bo’lgaysiz!
Yurtga posbon bo’lgaysiz!
O’qituvchi ifodalar yechimiga izoh beradi.
1-guruh:
20 + 10 + 30 = 30 + 30 = 60.
70 - 20 - 20 = 50 - 20 = 30.
2-guruh:
60 - (10 + 40) = 60 - 50 = 10.
60 -10 - 40 = 50 - 40 = 10.
3-guruh:
80 - 60 + 10 = 20 + 10 = 30.
80 - (60 + 10) = 80 - 70 = 10.
10-misol. Mantiqiy topshiriq:
30 + 20 = 50.
Yig’indi – 50.
1-qo’shiluvchi 30 dan nechta ortiq?
50 - 30 = 20 (ta ortiq)
2-qo’shiluvchidan-chi?
50 - 20 = 30 (ta ortiq).
O’qituvchi: - Nima uchun? (izoh talab qilinadi).
- Agar yig’ndidan 1-qo’shiluvchi ayirilsa, 2-qo’shiluvchi; yig’indidan 2-
qo’shiluvchi ayirilsa - l-qo’shiluvchi hosil bo’ladi.
Uyga vazifa: 11-12-mashqlar.
O’qituvchi: - Aziz bolajonlar, bugungi mashg’ulotimiz mazmunli va qiziqarli,
munozaraga boy tarzda o’tdi. Istiqlol yillaridagi, ayniqsa, «Qishloq taraqqiyoti va
farovonligi yili»dagi bunyodkorlik ishlari haqida gaplashdik, jonajon
Respublikamiz poytaxti Toshkentning 2200 yilligi tarixiga bir qur nazar tashladik
va Bilimlar kuni xursandchilikiari haqida suhbatlashdik. 2-sinfda o’tilganlarni bir
yodga olib, matematik bilimlarimizni mustahkamladik. Faol ishtirokingiz uchun
barchangizga tashakkur bildiraman.
Uchinchi sinf matematikasini o’rganishda noa`nanaviy ta`lim metodlaridan
foydalanish dars jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars
o’tish, o’quvchilarga ko’proq mustaqillik berish, ularni fikrlashga, fikrlash
qobiliyatlarini o’sishiga olib keladi. Quyida biz shu aytilganlarga asoslangan bir
soatlik
dars
ishlanmasini
tavsiya
etamiz.
Darsning mavzusi: 944-945-misol va masalalar.
Darsning maqsadi: uch xonali sonlarni bir xonali songa bo’lish, bo’lishni
ko’paytirish orqali tekshirish, o’rganilgan turdagi misollar yechish, o’quvchilarni
mustaqil fikrlashga o’rgatisn, ularda do’stlik, o’rtoqlik, hamjihatlik sifatlarini
tarbiyalash.
Darsning uslubi: tushuntirish, savol-javob, musobaqa-o’yin, mustaqil ishlash.
Darsning jihozi: quvnoq boshqotirmalar, sirli sandiqcha, darslik, alifbo jadvali,
matematik rebus, test topshiriqlari.
Darsning borishi:
dars o’z shiori bilan boshlanadi.
– Nimaiki qilsang tilak,
Bariga o’qish kerak.
Tashkiliy qism:
a) O’quvchilar o’zlarini tanishtiradilar.
– Biz buyuk yurt osmonida go’zal kamalak,
Barkamol avlod bo’lmoq eng ezgu niyat.
Bolalar bilan turli mavzularda savol-javob qilinadi.
- Ona Vatanimiz?
- Mustaqil O’zbekiston.
- Tug’ilgan yerimiz?
- Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumani.
- O’qiydigan maskanimiz?
- 75-maktab.
- Sinfimiz?
- 3-«v» sinf.
- Sinfimizdagi bolalar soni?
- 29 nafar,
- Hozirgi darsimiz?
- Matematika.
- Guruh sardorlari, endi navbat sizlarga. Guruhingiz haqida qisqacha axborot bering.
«Nihol» va «Tinchlik» guruhi sardorlari o’zlarining guruhi haqida axborot berishdi.
b) Berilgan sonlarni doira ichiga shunday joylashtiringki, uchburchakning
tomonlaridagi sonlar yig’indisi 200 ga teng bo’lsin.
v) Dars rejasi bayon qilinadi.
Uy vazifalari tekshirilib, daftarlar almashtiriladi.
Aqlni charxlash mashqi.
Bunda har bir guruh uchun tayyorlab qo’yilgan bobo tasvirlangan rasmlar
tarqatiladi. Rasmda aks etgan raqamlar osida boboning yoshi aniqlanadi. Tez
hisoblagan guruh g’olib bo’ladi.
Yangi mavzu bayoni:
Tushuntirish:
– Avval yuzliklarni bo’lamiz. 7 ta yuzlikni bo’lamiz: 7:2 = 3 (yuzlik) - bo’linmada.
So’ngra 3 ni 2 ga ko’paytiramiz. 3x2 = 6 yuzlik hosil bo’ldi. Ayiramiz: 7-6=1
(yuzlik). Endi o’nliklarni bo’lamiz: 1 yuzlik va 6 o’nlik 16 o’nlikka teng. Uni 2 ga
bo’lamiz: 16:2=8 (o’nlik) - bo’linmada. Ko’paytiramiz: 8x2=16 (o’nlik). Ayiramiz:
16-16=0. Birliklarni bo’lamiz: ular 4 ta. Bo’lamiz: 4:2 = 2 (birlik) -bo’linmada.
Ayiramiz: 4-4 = 0.
Bo’linmani o’qiymiz: bolinma 382 ga teng.
Guruhlar bellashuvi
944-misol.
724 : 4 =
876 : 3 =
945-misol.
726 : 2 =
968 : 4 =
756 : 3 =
Bo’lish ko’paytirish bilan tekshiriladi. «Sirli sandiqcha» 946-misol. «Sirli
sandiqcha»da yashiringan misollar guruhlar tomonidan yechiladi.
Taqqoslash mashqlari:
947-misol
a ∙ 8 < 39 a : 7 > 6
100 - a > 46 3 ∙ 8 < 39
56 : 7 > 6 100 - 12 > 46
Zukkolar boshqotirmasi
l. Duradgor asbobi.
2. Sinfxona jihozi.
3. O’quv quroli.
4. Yaxshilikka yetaklaydi.
5. Bahorda ochiladi.
Kalit so’z yordamida boshqotirmani yechish kerakligi aytiladi.
Boshqotirmani yechishni guruh sardorlarining o’zlari bajaradilar.
aysi guruh sardori birinchi bo’lib boshqotirmani yechsa, o’sha guruh g’olib chiqadi.
Uyga vazifa:
948-misol, 949-masalani yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |