Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar – bir vaqtning o‘zida tirik organizmlar faoliyati va abiogen jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, tuproq, suv havzalarining tubi (41-rasm).
Radioaktiv moddalar – radioaktiv elementlar va ularning parchalanishidan hosil bo‘ladigan moddalar.
Tarqoq atomlar – ayrim elementlarning atomlari bo‘lib, tabiatda tarqoq holda uchraydi.
Kosmik moddalar – kelib chiqishi kosmos bilan bog‘liq, biosferaga kosmosdan kirib keladigan moddalar: meteoritlar, kosmik chang zarralari misol bo‘ladi.
Shunday qilib, «Biosfera» kelib chiqishi jihatidan qadimiy, tuzilishi jihatdan murakkab, ko‘p komponentli, o‘z-o‘zini boshqara oladigan, energiyaning ulkan resurslarini to‘playdigan va taqsimlaydigan, o‘z tarkibi va dinamikasini belgilaydigan sistemadir.
3. Itlarda yungining uzun bo‘lishi, tanasi qora rangda bo‘lishi va quloqlarining osilganligi yungining kalta bo‘lishi, tanasi jigarrangda bo‘lishi va quloqlarining tikka bo‘lishiga nisbatan ustunlik qiladi. Barcha belgisi bo‘yicha geterozigota it, hamma belgilari bo‘yicha gomozigota retsessiv it bilan chatishtirilgan bo‘lsa, olinadigan avloddagi itlarning necha foizining tanasi qora rangda bo‘ladi?
A-uzun a-kalta
B-qora b-jigarrang
D-quloqlari osilgan d-tikka quloqli
AaBbDd x aabbdd
???????????????????????????????????????????????????????????
19-bilet
1. Antropogen omillar.
Hozirgi davrda atrof-muhitning jadal o‘zgarishiga sabab bo‘layotgan omillar bevosita inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, kishilik jamiyati tobora rivojlangan sari uning tabiatga ta’siri ham kuchayib bormoqda. Hozirgi kunda insoniyatning tabiat va atrof-muhitga ta’siri kuchi ortib ketgan. Antropogеn ta’sir ekologik omillar yig‘indisi bo‘lib, uning asosida insonning xo‘jalik faoliyati yotadi. Antropogen omillar odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhidir. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojiga moslashtiradi, bu esa o‘z navbatida tirik organizmlarning tabiiy yashash muhitlari hamda ularning hayotiy jarayonlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Antropogen omillar ta’sirida iqlim, atmosfera, tuproq strukturasi, suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Antropogen omillarning quyidagi turlari mavjud: kimyoviy omillar, fizik omillar, biologik omillar, ijtimoiy omillar.
Ekin maydonlariga ishlov berish maqsadida mineral o‘g‘itlardan foydalanish, hosildorlikni oshirish, zararkunanda hasharotlarga qarshi zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash, Yerning geologik qobiqlari – atmosfera, gidrosfera, litosferaning transport va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kabilar kimyoviy antropogen omillarga kiradi. Fizik antropogen omillarga yadro energiyasidan foydalanish, inson faoliyati tufayli, masalan, transport vositalarining ortib borishi oqibatida shovqin kuchining ortishi kabilar misol bo‘ladi. Biologik antropogen omillarga oziq-ovqat mahsulotlari, odam organizmi yashash muhiti va oziq manbayi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar, parazit hayvonlar kiradi. Ijtimoiy antropogen omillar odamlar jamoasi hamda ularning o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi.
Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya’ni tirik organizmlar, biogeotsenozlar, biosferaga har qanday (bevosita va bilvosita) ta’siri tushuniladi.
Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir. Antropogen ta’sir natijasida tirik organizmlarning yashash muhiti o‘zgaradi, bu esa o‘z navbatida, ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarning buzilishiga olib keladi.
Inson o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib tabiatga ta’sir ko‘rsatishi oqibatida o‘simliklar, hayvonlarning yashash muhitlari ham o‘zgaradi. Insonning tabiatga ta’siri bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin.
Insonning bevosita ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri tirik organizmlarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ko‘mir qazib olganda, yog‘och kesganda inson ko‘mir yoki o‘rmonga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nooqilona, rejalashtirilmasdan hayvonlarning ko‘plab ovlanishi turlar sonining keskin kamayishiga olib keladi. Insonning tabiatga ta’sir kuchi ortib borayotganligi tabiatni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |