rasm, chizmalar bilan ishlash dasturlari,
hisob-kitoblarni bajaruvchi dasturlar va boshqa xilma-xil dasturlardan iboratdir.
Bunday dasturlarning to'plami dasturiy ta'minot (ingl. Software, soft —yumshoq, ware — buyum) deb ataladi.
Dasturiy ta'minotning asosiy qismi — operatsion sistemadir. Operatsion sistema maxsus dasturlar to'plami bo'lib, kompyuterni boshqarish hamda kompyuter va odam o'rtasida muloqot o'rnatish vazifalarini bajaradi.
Matn yaratish, rasm chizish, hisoblash, ma'lumot uzatish kabi vazifalar maxsus amaliy dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Zamonaviy kompyuterlar uchun UNIX, LINUX, WINDOWS, MacOS kabi operatsion sistemalar yaratilgan. Ularni quyidagi maxsus belgilar orqali bilib olish mumkin
Windows operatsion sistemasi
Windows operatsion sistemasi Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan bo'lib, kompyuter foydalanuvchilari orasida eng ommabop boshqarish dasturlaridan biri hisoblanadi.
Windows inglizcha so'z bo'lib, «oynalar», «lavhalar» ma'nosini anglatadi. Operatsion sistemaning bunday nomlanishi undagi barcha dasturlar alohida oyna ko'rinishida ochilishidadir. Hozirgi kungacha ularning turli versiyalari yaratilgan
Windows ish stoli
Windows operatsion sistemasi ishga tushirilganda monitorda hosil bo'ladigan ko'rinish «Ish stoli» deb ataladi. «Ish stoli»da foydalanuvchilarga zarur bo'lgan va tez murojaat qilish kerak bo'lgan dastur yorliqlari joylashgan
Windows OSda oynalar bilan ishlash «sichqoncha» yordamida oson boshqariladi. Oynalarni ochish, yopish, kichiklashtirish, kattalashtirish hamda siljitish mumkin. Buning uchun dastur oynasining yuqori o'ng burchagidagi uchta tugmalardan biri tanlanadi.
Misol sifatida matn yaratish dasturi — «Блокнот» dasturi oynasini ko'rib chiqaylik (2-rasm).
DOPPIX O'zbekiston dasturchilari tomonidan yaratilgan bo'lib, milliy operatsion sistema hisoblanadi. Ushbu OS o'z tarkibiga ta'limiy dasturlar bilan birga, amaliy dasturlar to'plamini ham jamlagan.
Microsoft kompaniyasini «Bill Geyts» taxallusi bilan tanilgan Uilyam Genri Geyts III 1955-yil 28-oktabrda Sietl shahrida advokat va o'qituvchi oilasida tug'iladi. Bill yoshligidan aniq fanlarga qiziqadi. Kuchli xotirasi tufayli sinfda o'zlashtirish bo'yicha 1-o'rinlarni egallab keladi.
13 yoshidan kompyuter kursiga borib, dasturlashga qiziqib ketadi va do'sti Pol Allen bilan birgalikda 1975-yili Microsoft kompaniyasini tashkil qiladi. Kompaniyada yaratilgan MS-DOS operatsion si
Do'stlaringiz bilan baham: |