Sinf: 9 Fan: Biologiya Mavzu



Download 0,79 Mb.
bet72/162
Sana17.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#816882
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162
Bog'liq
biologiya 9 (1)

Darsning borishi :


Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.


Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Hujayralarning hayot faoliyati bir me’yorda kechishini ta’minlash uchun ularda to‘xtovsiz ravishda biosintez yoki biologik sintez jarayonlari amalga oshiriladi. Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu jarayon moddalar almashinuvi yoki metabolizm deb ataladi. Moddalar almashinuvi tirik organizmning yashashi, o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishi va tashqi muhit bilan doimo aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa tirik organizmlarning o‘zini-o‘zi yangilashiga, o‘ziga o‘xshash nasl qoldirishiga olib keladi, ularning yashashi uchun zarur shart hisoblanadi. Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi muhitdan turli-tuman moddalarni qabul qiladi. Hayotiy hodisalar asosan moddalar almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi. Tirik organizmlar tomonidan o‘zlashtirilishi ya’ni ozuqaning hazm bo‘lishi moddalar almashinuvining dastlabki bosqichi, hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan keraksiz mahsulotlarning tashqariga chiqarilishi esa oxirgi bosqich hisoblanadi.
Hujayralarda sodir bo‘ladigan jarayonlar oraliq bosqich deb ataladi. Moddalar almashinuvi bir-biriga qarama qarshi, lekin o‘zaro bog‘langan ikki jarayonni o‘z ichiga oladi. Bular assimilatsiya yoki anabolizm va dissi-milatsiya yoki katabolizm reaksiyalaridan iborat. Anabolizm jarayonida tirik organizmlarda moddalarning hosil bo‘lishi ya’ni sintezlanish jarayoni kuzatiladi. Bunda organizm tashqi muhitdan har xil moddalarni qabul qiladi va uni o‘zlashtiradi. Masalan, odam hayot faoliyati tufayli 1 yilda taxminan 1,5 tonna ozuqani o‘zlashtirishi aniqlangan. Bu bir kunda o‘rtacha 0,86 kg kislorod, 2,1 kg suv, 0,81 kg organik moddalar va 0,1 kg mineral tuzlarga teng keladi. odam tomonidan iste’mol qilinadigan bir kunlik ozuqaning energiyasi — 3000 kilokaloriyaga teng keladi. Katabolizm jarayonida moddalarning parchalanishi va ularda to‘plangan energiyaning ajralishi kuzatiladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish