Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:. Bo’lim yuzasidan savollar beriladi .
Qo‘zg‘olon qachon boshlandi?
Mustamlakachilar va ularga xizmat qiluv chilarning qaysi harakati xalqni tug‘yonga keltirdi?
Qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin qanday tadbirlar amalga oshirildi?
III.Yangi mavzu bayoni:
Reja
Qo‘zg‘olonning sabablar.
Qo’zg’alonning boshlanishi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘rnatgan mustamlakachilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, milliy, diniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadlariga bo‘ysundirib, xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib, qashshoq lanishiga olib keldi.1886-yilgi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra o‘lkada mustamlaka siyosati qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo‘yildi. Buning natijasida o‘lka aholisiga nisbatan jabr-zulm yanada kuchaydi. Ushbu Nizomning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu o‘lkada yer masalasini mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo‘lgan. «Nizom» e’lon qilingandan so‘ng unda nazarda tutilgan choratadbirlarni amalga oshirishda mahalliy aholining milliy, diniy va mahalliy xususiyatlari inobatga olinmadi.Mazkur «Nizom» asosida podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yer larning katta qismini tortib oldi va ular asosida Rossiyadan ko‘chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etildi. Bunday siyosat yer masalasi juda nozik bo‘lgan, aholi zich joylashgan, ayniqsa, sug‘oriladigan ekin maydonlari kam bo‘lgan Farg‘ona vodiysida mahalliy aholining ahvolini yomonlashtirib yubo radi. Bundan tash qari Farg‘ona vodiysi, asosan, imperiyaning paxta xom ashyosini yetishtirib beruvchi hududga aylantirilgan edi.1891-yilda Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chirib keltirilishi, ularning joylashtirilishi yer taqchil va aholi zich yashaydigan vodiyning ahvolini nihoyatda yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, podsho hukumatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligining yanada ortib borishiga sabab bo‘ldi.Mustamlakachi hukumat Turkiston o‘lkasining barcha joylarida mahalliy aholining milliy va diniy qadriyatlarini hisobga olmasdan, ularga qarshi siyosat olib bordi. Podsho hukumati tomonidan o‘lkadagi vaqf mulklari qisqartirildi. Vaqf mulklariga tegishli yerlarni tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar esa vaqf yerlarining katta qismi davlat mulkiga aylantirilishiga olib keldi.
Turkiston o‘lkasida XIX asrning oxirlarida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlardan biri bu – 1898-yildagi mahalliy xalqlarning mustamlakachilarga qarshi qaratil gan Andijon qo‘zg‘oloni hisoblanadi. Bu qo‘zg‘olonga vodiy aholisi orasida Dukchi eshon nomini olgan Muhammad Ali(1846–1898) rahbarlik qildi. Dukchi eshon mutaassib dindorlardan edi. U oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib sodda xalq o‘rtasida mo‘jizalar ko‘rsatgan. Uni «avliyo» deb hisob lagan aholi qo‘zg‘olonga boshchilik qi lishga undagan. 1898-yilning bahor faslida vodiy ning turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lishi haqida gaplar tarqaladi. Bu voqea va Dukchi eshon to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mustamlakachi ma’murlar ham xabardor bo‘lgan. Mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmlariga qarshi norozilik harakatlarining oshkora qo‘zg‘olon ko‘rinishida boshlanib ketishiga 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o‘z odamlari orqali atrofdagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo‘zg‘olon boshlash vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo‘ldi. Shu kuni tunda qo‘zg‘olonchilar tomonidan Tojikqishloqdagi telegraf simlari ning qirqib tashlanishi bilan qo‘zg‘olon boshlanib ketdi. Ular yo‘lda uchragan Asaka pristavini o‘ldirdilar. Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ikkiga bo‘linib, ularning biriga Ziyovuddin maxsum boshchilik qildi. Qo‘zg‘olon chilar Qutchi qishlog‘iga yetib borganlarida ular ning safiga yana 200 kishi, Qo‘yli qishlog‘iga borganlarida esa mingboshi G‘o yibnazar o‘z odamlari bilan qo‘shildi. Shundan keyin qo‘z g‘olonchilar Andijon dagi harbiy kazar maga hu jum qildilar.Qo‘zg‘olonchilar bilan mus tam lakachi ma’muriyat harbiy kuchlari o‘rtasida ro‘y bergan to‘q na shuvdan keyin kuchlar va harbiy qurol-aslahalar teng bo‘l ma ganligi bois qo‘z g‘olonchilar chekinishga majbur bo‘ldilar. Bu to‘qnashuvda har biy ka zarma jang chilaridan 22 tasi o‘ldirildi, 22 tasi yarador bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchi lar dan 11 tasi halok bo‘ldi, 8 tasi yaralandi. Shahar da harbiylar bilan qo‘z g‘olonchilar o‘rtasida ro‘y bergan ayovsiz otishmalar natijasida nafaqat qo‘zg‘olonchilar, balki
ko‘plab tinch aholi va killari ham halok bo‘ldi.Qo‘zg‘olon boshlanganligi to‘g‘risidagi xabar olinishi bilan podsho hukumati zudlik bilan chora ko‘rishga va uni bostirishga harakat qildi. Qo‘zg‘olon An dijonda, ayniqsa, ruslar yashaydigan Yangi shaharda vahima uyg‘otdi. Mustamlakachi amaldorlardan tortib to oddiy fuqarolargacha sarosimaga tushib, uylariga berkinib oldilar. Hatto tumanboshi polkovnik Konshevskiy ham ko‘chaga chiqmay, o‘z uyidan telefon orqali harbiy kuchlarni chaqirdi. Harbiy kuchlar uch soat ichida Andijonga yetib kelib, Yangi shaharda duch kelgan mahalliy aholini o‘qqa tutdilar. Buning natijasida umuman qo‘zg‘olonga aloqasi bo‘lmagan yuzlab odamlar mustamlakachilar o‘qidan nobud bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |