Sinf: 7"V"(rus)



Download 28,49 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi28,49 Kb.
#12455
Fan: O’zbek tili (davlat tili)

Sinf: 7”V”(rus)

Mavzu: II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarning qo’llanishi.

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarning qo’llanishini Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridan olingan parchalar misolida o’rganish.

b)tsrbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yaxshilik qilish, rodtgo’y bo’lish va saxiylikni sevish ruhida tarbiyaladh.

v)rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning topqirlik, zukkolik qobiliyatlarini o’stirib, o’g’zaki va yozma nutqini rivojlantirish.

Dars turi: Noan’anaviy.

Darsda qo’llaniladigan usullar: savol-javob, “hamkorlik kvadratlari” mashqidan foydalanish orqali hamkorlikda kichik guruhlarda o’qitish usuli.

Dars jihozlari: mavzu, mavzu yuzasidan tuzilgan grammatik jadva, Alisher Navoiy rasmi, “Mahbub ul-qulub” asaridan olingan parchalar yozilgan slaydlar, sinf xonasidagi Navoiy portreti, mavzuga doir grammatik jadval,tarqatma materiallar, 7-,5-sinf darsliklari, E.Shodmonov.A.Rafiyev.S.G’oibovlarning o’rta maxsus o’quv yurtlari uchun “O’zbek tili” darsligi.

DARS TAQSIMOTI:

Darsni tashkil etish- 2 daqiqa.

O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash- 13 daqiqa.

Yangi mavzu: II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarning qo’llanishini Alisher Navoiyning “ Mahbub ul-qulub” olingan parchalar misolida o’rganish- 20 daqiqa.

Darsni mustahkamlash- 8 daqiqa.

Dars yakuni: o’quvchilar bilimini baholash va uyga vazifa berish- 2 daqiqa.

Darsning borishi:

Milliy an’anamizga ko’ra, odatdagidek “ Assalomu-alaykum” deb salomlashiladi , o’quvchilar diqqat –e’tibori, faoliyati darsga qaratiladi.

Uyga vazifa so’raladi:

-“Ona qalbi” rivoyati bo’yicha topshiriqlar ustida ishlaymiz. Dastlab, rivoyatdan -a, -y, -(i)b qo’shiimchali ravishdoshlar qatnashgan beshta gapni topib, daftarga yozib kelish edi.Bu gaplar haqida o’tgan darsda ham to’xtalib o’tgan edik. Taxtaga to’rt nafar o’quvchi chiqib, gaplarni yozadilar.

1) Ammo yigit uning ketidan qolmabdi, sevib qolganini qayta-qayta takrorlabdi.

2) U qizning iltimosini bajo keltirib, onasini o’ldirib, uning ko’kragidan yuragini kesib olibdi va ikki qo’llab ushlagancha qiz tomonga shoshilibdi.

3) Uning ko’ziga olisdagi qizdan bo’lak hech nima ko’rinmas, qizning oldiga shoshilib chopib boribdi.

4) Yigit oh urib yiqilibdi.

5) Yigit qilgan ishi uchun ming pushaymon bo’libdi, tiz cho’kib ona yuragi bo’laklariga qarab tavba-tazarru qilibdi, ammo endi kech bo’lgan edi.

O’quvchilar grammatik mavzuni qay tarzda o’zlashtirgani tekshirilgach, rivoyat g’oyasi yuzasidan savol-javobga o’tiladi.



  1. Ushbu rivoyatda qanday sevgi haqida hikoya qilinadi ?

  2. Unda qaysi sevgi ustunligi ko’rsatilgan?

  3. Sizningcha, nega sevgi-muhabbat go’zal pari timsolida berilgan?

  4. Nega yigit sevgilisiga yetolmadi?

  5. Nima uchun pari qiz yigitni sinamoqchi bo’ldi?

  6. Yigitning va onaning sevgisini bir-biriga taqqoslab ko’ringchi?

  7. Bu rivoyat turli manbalarda turlicha hikoya qilinadi, sizningcha u yana qanday tugashi mumkin edi?

Savol-javobdan so’ng taxtaga sana va yangi mavzu yoziladi.

Yangi mavzu: II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarning qo’llanishi

-O’quvchilar, sizlar bilan oldin ham fe’l mayllari haqidao’tgan edik. Bugun mana shu fe’l mayllaridan “Buyruq-istak maylidagi fe’llarning tuslanishi , uning II shaxsda qo’llanilishiga to’xtalib o’tamiz.

E’tiborimizni monitordagi slaydga qaratamiz. Unda ko’rib turganimizdek, buyruq-istak mayli (повелительно-желательное наклонение) buyruq-istak, iltimos kabilarni anglatadi.Bu mayldagi fe’llar shaxs va sonda quyidagicha tuslanadi:



Shaxs

(лицо)


Birlik son

(единсвенное число)



Ko’plik son

(множественное число)




I shaxs

Yozsay, o’qiy

Yozaylik, o’qiylik

II shaxs

Yoz, o’qi, yozgin, o’qigin

Yozing, o’qing, yozingiz, o’qingiz.

III shaxs

Yozsin, o’qisin

Yozsin(lar), o’qisin(lar)

Sinfda bitta o’quvchi E.Shodmonov. A. Rafiyev. S.G’oyibov muallifligidagi o’rta maxsus o’quv yurtlari uchun “O’zbek tili” darsligi 17-betida berilgan “Buyruq-istak maylidagi fe’llarning tuslanishi va II shaxsda qo’llanishi” ning ruscha tarjimasini baland ovoz bilan ifodali o’qib beradi.

II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llar ish-harakatni bajarishga oid iltimos, da’vat, buyruq, maslahat kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: yur, o’yna, aytgin, olihg, kelinglar kabi.

II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarning shakli

Birlik son

Ko’plik son

Sen ol

Sen aytgin



Siz oling

Siz aytingiz

Sizlar aytinglar


Ushbu grammatik jadval plakat yordamida tushuntiriladi.

Mavzu tushunturilgach, o’quvchilar yashil, sariq va qizil rangli doira shaklidagi qog’ozchalar yordamida 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh bir stol atrofida yig’ilib o’tirgach, ularga topshiriq konvertlarda beriladi. Topshiriq quyidagicha: konvert ichida kvadrat qog’ozga yozilgan matnni tiklash lozim. Siz matematika fanidan kvadrat nima ekanligini yaxshi bilasiz. Keling esimizga tushirib olamiz. Matn yozilgan to’rtburchak- bo’laklarga bo’lib qirqilgan.Matnni tiklash uchun vaqt 2 daqiqa. 1-chi daqiqada o’quvchilar so’zsiz imo-ishora bilan, 2-chi daqiqada ovoz chiqarib ishlashingiz mumkin. 2 daqiqada kvadrat hosil bo’lishi, qog’ozdagi matn mazmunan to’gri chiqishi kerak. Agar no’g’rilik bo’lsa, tuzatish uchun yana 1 daqiqa vaqt beriladi. “Kvadrat”dagi matnlar o’qiladi va matn mazmuni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgandan so’ng har bir guruh nomlanadi. Matn mazmunidan kelib chiqqan holda 1-guruh “Yaxshilik”, 2-guruh “Rostgo’ylik”, 3-guruh “Saxiylik” deb nomlanadi va bu nomlar yozilgan qog’ozlar guruh stollariga qo’yiladi.

Diqqat-e’tiborimizni yana monitordagi slaydga qaratamiz. Bu kishi buyuk inson Alisher Navoiy, uning “Mahbub ul-qulub” asari (Ko’ngillar sevgani).Asardan parchalar o’qidik. Hozir biz bu parchalarni yana bir bor o’qiymiz.

1-guruh “Yaxshilik”

Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas.Yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas.

Yaxshilik qila olmasang-yomonlik ham qilma.Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham bilma.Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo’shil.Yaxshilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan.

2-guruh “Rostgo’ylik”

Chin so’zni yolg’onga chulg’ama, chin ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama.

Tilingni o’z ixtiyoringda asra, so’zingni ehtiyot bilan so’zla. Vaqtida aytiladigan so’zni asrama, aytmas so’z tevaragiga yo’lama. Tiling bilan ko’nglingni bir tut. So’zni ko’hglingda pishutmaguncha tilga olma. Nimaiki ko’nglingda bo’lsa tilga keltirma. Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.

3-guruh “Saxiylik”

Bitta kulchani ikki bo’lib, yarmini och odamga berganni saxiy deb bil. O’zi yemay hammasini muhtoj odamga berganni-axiy do’st deb bil. Sog’lik tilasang ko’p yema, izzat tilasang ko’p dema.Ta’magirdan yaxshilik tilama. Gadoydan aqcha so’rama. Mevasiz daraxt ham bir-u, o’tin ham bir. Yog’insiz bulut hsm bur-u, tutun ham bir.

Demak Navoiy bobomiz insonlarni qanday bo’lishga chorlayapti? ... Ha, albatta,yaxshilik qiluvchi, rostgo’y, saxiy bo’lishga.

Sizlarga yana bir topshiriq: matnlardagi II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarni topsangiz. … O’quvchilar javoblaridan so’ng darsning mustahkamlash qismiga o’tiladi.

Mavzuni mustahkamlash :

Endi 5-sinf darsligini qolimizga olib, 174-betdagi 2-topshiriqni o’qiymiz va II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarni topib ma’nosini izohlaymiz. Shuningdek, “ To’g’ri talaffuz qiling!” ruknida berilgan so’zlarni o’qiymiz va daftarimizga yozib olamiz.

O’qituchi doskaga yozib beradi.

Oling o’ynang aytingiz tuzinglar

Tuzing sanang so’zlangiz boshlanglar

Kuting tozalang tinglangiz boringlar

Choping bo’yang kuylangiz yuringlar

Uyga vazifa:

Mana biz hozir II shaxs buyryq-istak maylidagi fe’llarni qatnashtirgan holda uyda “Shahrimiz obod bo’lsin” mavzusida vatn yozib keeling.

Baholash:

O’quvchilarning har bir javobi bitta “yaproqcha” yoki “gul” bilan dars jarayonida baholab boriladi. Har bir o’quvchining yiqqan ballari qo’shilib, umumiy baho qo’yiladi.

Xayrlashish:

-O’quvchilar dars sizga yoqdimi? Biron-bir yangi ma’lumot ola oldingizmi? Mayli, xayr.




Download 28,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish