Bilim-kvadratlar ayirmasi formulasi bilan tanishtirish
Ko’nikma-kvadratlar ayirmasi formulasini mashqlar bajarishda qo’llay olish
Malaka- misollar yechish jarayonida kvadratlar ayirmasi formulasidan o’rinli foydalanish
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning ongini yangi bilimlar bilan kengaytirish, ularni milliy g’urur,iftixor, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni kvadratlar ayirmasi formulasiga oid misollar yechish malakalarini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Juftini top, ven diagrammasi, guruhlarda ishlash, Everest, kim chaqqon.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Davomatni aniqlash
O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O’tilgan mavzuni takrorlash.
O’tgan mavzuni aniqlash
Sinf o’quvchilarini ikki guruhga bo’lish
Uyga vazifani o’rtogingni tekshir metodi yordamida tekshirish
Juftini top metodi yordamida formulalar hosil qilish
(a+b)2=a2+2ab+b2 (a-b)2=a2-2ab+b2
Formulalarni so’zlar orqali ta’riflash.
Ven diagrammasi yordamida ikki formulani birlashtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Ikki son yig’indisini ularning ayirmasiga ko’paytiramiz:
(a+b)(a-b)=a2-ab+ab-b2= a2-b2 ya’ni
(a+b)(a-b)= a2-b2 (1)
a2-b2=(a-b)(a+b) (2)
Ikki son kvadratlarining ayirmasi shu sonlar ayirmasi bilan ular yig’indisining ko’paytmasiga teng.
(1) Va (2) tenglikda a va b istalgan sonlar yoki algebraik ifodalar, masalan
1) (nm+3k)(nm-3k)=n2m2-9k2 2)4a2b2-25a2b4=(2ab+5ab2)(2ab-5ab2)
3)(a+b)2-16=(a+b+4)(a+b-4)
(1) formula ham qisqa ko’paytirish formulasi deyiladi. Uni hisoblashlarni soddalashtirish uchun qo’llaniladi.
Masalan:
63*57=(60+3)(60-3)=602-32=3600-9=3591
98*102=(100-2)(100+2)=1002-22=10000-4=9996
(2) tenglik kvadratlar ayirmasi formulasi deyiladi. Uni ko’phadlarni ko’paytuvchilarga ajratishda qo’llaniladi.
Masalan:
1) a2-9=(a-3)(a+3)
2)4b4-0,64c2=(2b2)2-(0,8)2=(2b2-0,8c)(2b2+0,8c)
3)(a-b)2-1=(a-b-1)(a-b+1)
IV.Mustahkamlash.
Everest metodi yordamida mavzuni mustahkamlaymiz. Everestda berilgan misollarni yechib kalit so’zni hosil qilamiz.
N386.Ko’paytirishni bajaring:
1)(c+d)(c-d)=c2-d2 3)(a+c)(c-a)=c2-a2 N388.Ko’paytirishni bajaring:
1)(2b+a)(2b-a)=4b2-a2 3)(y+6x)(6x-y)=36x2-y2 N390.Ko’paytirishni bajaring:
1) (c2+d2)(c2-d2)=c4-d4 3)(x4-y3)(y3+x4)=x8-y6 Qisqa ko’paytirish formulasidan foydalanib , hisoblang:
1) 48*52=(50-2)(50+2)=502-22=2500-4=2496
2)43*37=(40+3)(40-3)=402-32=1600-9=1591
3)201*199=(200+1)(200-1)=40000-1=39999
“Kim chaqqon?”
Yig’indining kvadrati
(a-b)3=a3-3a2b+3ab2-b3
Ayirmaning kvadrati
a2-b2=(a+b)(a-b)
Yig’indining kubi
(a-b)2=a2-2ab+b2
Ayirmaning kubi
(a+b)2=a2+2ab+b2
Kvadratlar ayirmasi formulasi
(a+b)3=a3+3a2b+3ab2+b3
Qo’shimcha ma’lumot
5 bilan tugaydigan sonlarning kvadratlarini qulay usul bilan hisoblash.
152=225 352=1225
252=625 452=2025
11 darajalari haqida qiziqarli ma’lumot:
111=11 , 112=121 , 113=12321, 114=1234321
9-darajagacha davom ettirish mumkin.
Qiziqarli masala:
1 ta bakteriya 1 sekundda 2ga bo’linib, 1minutda idishni to’ldirsa, 8 ta shunday bakteriya qancha vaqtda idishni to’ldiradi?
Binoning 13-qavatigacha bo’lgan zinalar soni 7-qavatigacha bo’lgan zinalardan necha marta ko’p?
Sonning oxirgi ikki raqamini topish:
2 ning darajalarining oxirgi ikki raqamini topishda 2 ning 10-chi darajasiga keltiramiz. 210=1024 , 24 ning toq darajalari 24 bilan, juft darajalari 76 bilan tugaydi. Masalan: 811=(23)11=233=(210)3*23=10243*8=….24*8=…92
Olimpiada masalasi:
N+4 va N-85 sonlari natural son kvadrati bo’ladigan N natural sonni toping.
V.Yakuniy qism:
Uyga vazifa: 387-389-391-misollarni yechish.
O’quvchilar bilimini baholash.