Turli materiallarga ishlov berishda moslamalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya- gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlash
Dars tipi:Yangi bilim berish, bilimlarni mustahkamlovchi.
Dars turi: nazariy, amaliy.
Dars uslubi: guruhlarda ishlashda, “aqliy hujum”,”Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”,metodlaridan foydalanish.
Dars jihozi va ko`rgazmasi: Kompyuter, darslik, mavzu bo`yicha multimediya, rangli rasmlar, ochiq dars uchun kerak bo’ladigan shablon hamda materiallar.
Fanlararo bog`liqligi: matematika, chizmachilik, iqtisod va boshqa fanlar
№
|
Dars bosqichlari
|
vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
4
|
2
|
O`tilgan mavzuni so`rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlash
|
3
|
6
|
Uyga vazifa
|
3
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)Darsga tayyorgarlikni tekshirish.
d)O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash. Uyga vazifani so`rash.
a)Savol –javob o`tkazish.
b)Topshiriqlarni tekshirish.
O`quvchilar guruhlarga ajratiladi.Guruh sardorlari va nomlari aniqlanadi.
Har bir guruhdan bittadan o’quvchi ketma-ket chiqib doskaga yopishtirilgan savollardan tanlab, ularga javob beradila
Savollar
Kiyim – bu…….. jumlani davom eting..
Gazlama va matolarning odam tanasidagi qobiq tizimi bo’ib, tanani iqlim ta’siridan saqlaydi va insonning o’ziga xos ba’zi xususiyatlarini namoyon qiladi
.Kiyimning asosiy vazifalari qaysilar?
Utalitar kiyim- amaliy, himoyaviy, ergonologik, gigiyenik vazifalarni o’z ichiga oladi.
Itimoiy kiyim- regional, kasbiy marosimlarga oid rasmiy vazifalarni o’z ichiga oladi.
Estetik kiyim- badiiy obrazli vazifa bilan aynan estetik vazifani o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish kiyimlari qanaqa va nechi turga bo’linadi?
Xalq xo’aligining turli sohalarida ishchi tanasini ifloslanishdan va ish jarayonidagi nomaqbul ta’sirlardan asraydigan koromalardir. Ishlab chiqarish kiyimi maxsus, sanitariya va rasmiy kiyimlarha bo’linadi.
Kiyimlar ossortimenti deganda nimani tushunasiz?
Yoshlar kiyimi assortimentiga kostumlar, kostum jaketlari, bluzkalar,yubkalar,ko’ylaklar va hokazolar.
O`quvchilar baholanadi.
“5” “4” “3”
III. YANGI MAVZU BAYONI
“Dizayn” so’zi inglizcha “design” so’zidan olingan bo’lib, chizma naqsh, g’oya va loyihalash hamda konstruksiyalash jarayoni manosini bildiradi.. Dizayn – ijodiy loyihalashtirish faoliyati bo’ib, uning maqsadi inson moddiy va ma’naviy ehtiyolarini qondirish uchun xizmat qiladigan buyumlarning uyg’un olamini yaratishdan iborat. Dizayn sohasida faoliyat ko’rsatadigan hamda buyumlar va mahsulotlarning yuqori istemolbop va estetik sifatlarini taminlaydigan mutaaxasislar dizaynerlar deb ataladi.
Dizayner- hozirgi kunda eng obro’li, nufuzli va ko’p haq to’lanadigan kasblardan biridir. Dizayner –modelyer yangi, zamonaviy kiyim modellarini yaratish bilan shug’ullanadi. Bunda modelyer moda yo’nalishini, yaratilgan modelni kiyadigan insonlarning yosh va gavda xususiyatlarini, iqlim sharoiti va fasllarni e’tiborga olishi zarur. Bu bilan lar insonlar hayotini go’zal qilishga harakat qildilar. Dizayner modelyer kasbi quyidagi sifatlarni o’zida majassam etadi:
___predmetlar va turli vaziyatlarga original va noan’anaviy qarash mavjudligi
__turli ko’rinishla haqida fikr yrita olishi:
__tayyor buyumni yaxlitligicha ko’ra olishi
__chiqishimli gapga tshnadigan bo’lishi
__ mioz talablarini tinglash va eshitish mahorati
__kreativligi-har qanday masalaga ijodiy yondashish mahorati g’oyalarni boshqarishi;
__o’tirib ishlay olishi-ayrim hollarda bitta narsani bir necha marta qayta ko’rib chiqishiga to’g’ri keladi.
__ mehnatsevarligi –doimiy amaliy ishlarni bajarish kasbiy mahoratini o’sishiga olib keladi;
__sobitqadamligi- mvoffaqiyatszlikka uchragan taqdirda ham ruhan tushkunlikka tushmaslik, hech narsaga qaramasdan o’z yo’lidagi barcha to’siqlarni yengib o’tishi..
Dizayner faqat ofisda emas, balki uyida o’zining dasturlashtirilgan kompyuterlarida ham ishlashi mumkin. Ish jarayonidagi qo’yilgan xatolikka ishonchsizlik bilan qarash kerak emas, chunki har qanday xatolikni to’g’irlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |