Sinf: 6- sinf
Sana: _____
Fan: Tarix
O’quvchi soni: _____
Qatnashdi: _______
Mavzuning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Old Osiyo davlatlari va ularning qo’shnilari
|
Maqsad, vazifalar
|
Maqsad: O‘quvchilarda Old Osiyo davlatlari va ularning qo’shnilari, o‘rganilish tarixi haqidagi bilim va tushunchalarni shakllantirishda davom etish; Old Osiyo davlatlari va ularning qo’shnilariga oid o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan bilimlarni eslatish; Old Osiyo davlatlari va ularning qo’shnilari haqida, bilim berish.
|
O‘quv jarayonining
mazmuni
|
Vazifalar:
O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, tarix atlas va xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.
|
O‘quv jarayonini
Amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: “Aqliy hujum”,“Guruhlar bilan ishlash”.
Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, amaliy mashg‘ulot.
Vosita: Dunyo tabiiy xaritasi, Yevrosiyo tabiiy va foydali qazilmalari xaritasi, 6-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, 6-sinf darsligi, “Kompyuter Osiyo” ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi, tarqatma savollar.
Usul: Tayyor yozma materiallar, mavzuga oid xaritalar asosida.
Nazorat: Savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.
Kutilayotgan natijalar.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O‘qituvchi:
Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilar baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.
O‘quvchi: Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar |
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)
|
O‘qituvchi:
Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtirish va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishiladi. O‘z ustida ishlayman. Mavzuni hayotiy voqiyalar bilan bog‘layman va solishtiraman.
O‘quvchi:
Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
|
Mashg‘ulotning borishi
Darsning tashkil etish shakllari:
a) salomlashish
b) davomatni aniqlash.
c) ob-havo so`rash
d) uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib chiqish
Dars uslubi. Savol-javob, guruhlarga bo`lish, suhbat.
Dars rejasi:
1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).
2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).
3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash 6 daqiqa).
4.“Tarix nomlarni bilasizmi?” elektron doskasi orqali bilimlarni tekshirish (5 daqiqa).
5. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik ma’ruzasi (8 daqiqa).
6.“Miloddan avvalgi 2-mingyillikda” filmini ko‘rish (4 daqiqa).
7. Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash (5 daqiqa).
8. O’quvchilar taqdimoti (10 daqiqa).
9. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).
10. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).
11. Uyga vazifa.
O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).
Darsning tashkil etilishi:
a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash - 6 daqiqa).
O’quvchilar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi).
1-savol
Xaritadan Bobil podsholigi va uning poytaxtini toping?
2 -savol
Nima uchun Bobil shahrini “xudolar darvozasi” deb atashgan?
3- savol
Qaysi hukmdor davrida va qachon Bobil yagona davlatga aylandi?
4- savol
Xummurapi qonunlari qaysi maqsadda yaratilgan edi? Bu qonunlar kimlarga nmo’ljallangan edi?
O‘qituvchi tomonidan o’quvchilarning to‘g‘ri javobi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi.
Yangi mavzu bayoni
O‘qituvchining kichik ma’ruzasi (8 daqiqa)
Yangi mavzuni o‘tish jarayonida tanlangan (“O’quvchilar bilan ishlash”) usuldan -yaxshi qobiliyatli o‘quvchilarni yuqori natijalarga erishish imkoniyati yuqori bo‘lishi tabiiy. Lekin shunga qaramay, pastroq qobiliyatli o‘quvchiga qulay shroitlar yaratilganda yuqori natijalarga erishiladi. Shu o‘rinda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning usullaridan o‘quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yangi dars bayoni
Miloddan avvalgi 2-mingyillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi: Ossuriya, Xett, Mitanni, kabi davlatlarva Finikiya shahar-davlatlari shular jumlasidandir. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlarida kun kechirishgan.
Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Dajla daryosi yuqori oqimidagi kichik hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo'lgan. Aholisining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va savdo-sotiq edi. Ossuriyaliklar davlati miloddan avvalgi XX asr atroflarida vujudga kelgan.
Ossuriyaliklar jangari xalq bo'lgan. Ular qo‘shni yerlarga tez-tez hujum qilib turardilar. Ossuriyaliklarning qudratli lashkari har yili yangi yerlarni zabt etishga otlanar edi. Bo'ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda o'lpon to'lagan. Mil. avv. XIII asrda podsho Salmanasar hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o‘z ravnaqining yuqori cho'qqisiga erishadi. Mil. avv. VIII—VII asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi ham bosib olingan.
Shaharni bosib olgan ossuriyaliklar qal’a devorlarini, uylar va ibodatxonalarni buzib tashlab, aholini asirlikka haydab ketganlar.
Hukmdorlarning haddan tashqari shafqatsi sababli Ossuriya poytaxti Nineviyani «qonga bo’yagan shahar» yoki «sherlar darasi» deya ta’riflashg Yurishlarda raqiblardan tortib olingan hamma narsa poytaxtga oqib kelar edi. Ulug'vor saroylar va ibodatxonalar boylikka to'lib ketib, Oshshurbanapa hukumronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng sopol taxtachalardan iborat kutubxonaga jamlangan Asta-sekin Ossuriya davlati zaiflashib bordi. avv. 627-yilda dastlab Bobil, so'ngra Midiya Ossuriyadan ajralib chiqdi. Bobil va Midiya birlashib, hamla bilan Oshshurva Nineviyani mil. avv. 612-y zabt etishdi. Mil. avv. 605-yilda Ossuriya qo'shi Bobil va Midiya tomonidan qirib tashlangandan bu davlat ham zavolga yuzlandi.
Taxminan miloddan avvalgi XVIII da Kichik Osiyo markazida xettlar degan mollik xalq o‘z davlatiga asos slogan. Xattusa shahri ana shu davlatning poytaxti bo‘lgan. Aholining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va vachilik edi.
Qadim zamonlarda Finikiya 0‘rtayer dengizining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan. Finikiyaliklar dehqonchilik bilan shug'ullanganlar, bog'lar va uzumzorlarni podsholigini zabt etdilar. Faqat Ossuriya tahdidi xavf-xatari ostida xettlar Misr hukmdori bilan sulh tuzishga majbur bo'ladilar. Ossuriyaliklar Bobilni bosib oladilar, ammo xettlar ularning tazyiqini to'xtatishga muyassar bo'ladilar.
Miloddan avvalgi XIII asr oxirida tarixda nomlari noma’lum xalqlar (ularni «dengiz xalqlari» deb atashgan) xettlar poytaxtini bosib olib, shaharni butunlay vayronaga aylantirdi. Xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi.
Urartu davlati Kavkazortida, Van, Urmiya va Sevan ko’llari oralig'ida joylashgan. Aholisini urartlar deyishgan. Yagona davlat tashkil topishi Ossuriya hujumlaridan mudofaa qilish zaruratini tezlashtiradi. Ossuriyaliklarni tor-mor etish imkoniyati bo‘lmagan Urartu qo‘shinlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri janglarga kirmaslikka amal qilardilar.
Miloddan avvalgi IX—VIII asr boshlarida Sardurl va Menua hukmronligi davrida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadilar va ossuriyaliklar ustidan g'alaba qozonadilar. Ammo miloddan avvalgi 714-yilda ossuriyaliklar qo'shinlari urartlar qo'shinlarini tor-mor etib tashladi.
Bir qancha Urartu hukmdorlari davrida jamlangan ulkan xazina g'oliblar qo'liga o‘tdi. Teyshebaini shahridagi qal’a ishg'ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan keyin Urartu podsholigi ancha zaiflashib qoldi, uni ko‘chmanchi skif qabilalari va Midiya podsholigi o'ziga tobe qildi. Mil. avv. 590-yilda Urartu podsholigi ham tarix sahnasidan ketdi.
Qadim zamonlarda Finikiya 0‘rtayer dengizining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan. Finikiyaliklar dehqonchilik bilan shug'ullanganlar, bog'lar va uzumzorlarni parvarishlaganlar. Finikiya ninabargli daraxtlar, кo’rkam o'rmonlarga boy bo'lgan. Kedr yog'ochidan kem yasalgan. Kedr qatroni (smolasi) mumiyo tayyorlash uchun Misrga keltirilardi.
Savdo-sotiq finikiyaliklarning asosiy mashg' laridan biri bo'lgan. Finikiyaliklar qo'shnila yog'och, metallar va gazlamalar sotardilar. 0‘rt dengizi sohilida 77, Sidon, Ugarit singari yirik de bo'yi shaharlari vujudga keladi.
Finikiyaliklar dengizchilik ishini a’lo darajada lishgan. Mil. avv. 2-mingyillikdayoq ular Kipr oroL Kichik Osiyo sohillarida koloniyalarga asos sol Shundan keyin finikiyaliklar Shimoliy Afrika, Ispa sohillarida, Sardiniya va Sitsiliya orollarida ham do bo'lishdi.
Mil. avv. X-IX asrlarda Finikiyada Tir-Sidon sholigi vujudga keldi. Mil. avv. VIII asrda bundav Ossuriya podsholigi bosib oldi.
Mil. avv. X asrda Finikiyada 22 undosh har iborat bo'lgan alifbo yaratildi. Yunonlar ana shu boni o'zlashtirib oldilar va ularga unli harflarni qo'shib qo'ydilar.
Mil. avv. 2-mingyillik o'rtalarida Falastinga qadimgi yahudiy qabilalari ko'chib joylashdilar. Mil. av asrda Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Yahudiy podsholigi bilan birlashdi. Isroil podsholigini ossuriyaliklar zabt etadilar. avv. 586-yilda Yahudiy podsholigi Bobil podsho tomonidan bosib olindi.
Qadimiy yahudiylarning afsonalari diniy kitobi yozib borilgan. Diniy kitoblarda Olam, Yer yuzida odamlar - Odam ato va Momo havoning yaratil Yer yuzini To'fon bosishi haqida va boshqa rivoyatlar mavjud.
Izoh: O‘qituvchi ajratilgan vaqtda o‘z ma’ruzasida aytilgan ma’lumotlarni o‘quvchilar bilan birgalikda o‘quv xaritasidan foydalangan holda ularga yetkazib bersa, ushbu dars yuqori samara berishi va o‘quvchilar bilimida bo‘shliq hosil bo‘lmasligi ko‘zda tutiladi.
“Miloddan avvalgi 2-mingyillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni” o‘quv filmini ko‘rish. (4 daqiqa)
O‘qituvchi oldindan 6-sinf uchun yaratilgan o‘quv filmidan foydalangan holda mavzuga mos bo‘lgan “Miloddan avvalgi 2-mingyillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni” filmini tayyorlab qo‘yadi va namoyish etadi.
Guruhlar taqdimoti. (10 daqiqa)
O‘tilgan mavzu o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan ma’lumotlariga, o‘quv atlasi va ko‘rilgan filmga asoslanib savol va raqamli diktant topshiriqlari bo‘yicha mustahkamlanadi.
O’quvchilar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar.
Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa)
O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o‘quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to‘ldirilib, o’quvchiarning to‘g‘ri javoibi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi.
O`quvchilarni rag’batlantirish va baholash (2 daqiqa)
Dars yakunida o`quvchilari to`plagan bayroqlari (maketchalari) sanaladi, g`olib o’quvchi aniqlanadi va rag`batlantiriladi. O’quvchilarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng bilimdon o’quvchi”, ”Eng faol o’quvchi”, ”Eng intizomli o’quvchi” ”Eng hamjihat o’quvchi”, ”Eng iste’dodli o’quvchi” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi.
11. Uyga topshiriq:
Izoh: O‘qituvchi oldindan oq (vatmin) qog‘ozga uyga vazifa yozib osib qo’yadi.
Darslikdan 14-mavzuni o‘qib kelish.
Dars davomida “O’quvchilar bilan ishlash” usulidan keng foydalanganda o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga, vaqt reglamentiga rioya etishga o‘rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |