Dars turi: yangi bilim va tushuncha berish
Dars metodi: savol-javob, "Mozaika", "Kitob tafakkur xazinasi", "Qissadan hissa faqat kulgumi ? "
Dars jihozi: ko'rgazma, tarqatma, AKT
Darsning tarkibiy qismi:
Tashkiliy qism 3 daqiqa
Uy vazifa nazorati 10 daqiqa
Mavzu bayoni 20 daqiqa
Mavzuni mustahkamlsh 8 daqiqa
O'quvchilarni baholash 2 daqiqa
Uyga vazifa 2 daqiqa
Tashkiliy qism "Mozaika"
Salomlashish, tozalik, davomat.
1 Guruh nomi va a'zolari shior
2 Guruh a'zolarining o'ziga xos xususiyatlari
3 Guruhning grafik tasviri
4 Darsdan kutilayotgan natija
O’tilgan darsni takrorlash “Kitob tafakkur xazinasi” metodi
Ushbu asarlar orqa tomoniga adibning hayoti va ijodiga oid savollar yozib qo’yiladi, o’quvchilar savollarga javob berishadi.
1 Xudoyberdi To’xtaboyev qachon va qaterda tug’ilgan?
2 Qanday bilim yurtida o’qigan?
3 Nechta felyeton yozgan?
4 Qanday jurnallrda faoliyat yuritgan?
5 “Sariq devnini minib asari qachon yozilgan ?
6 “Oltin meros” xayriya jamg’armasida qancha yil davomida faoliyat yuritgan?
7 “Quyonlar saltanati” asari qachon yozilgan?
8 2016-yilda qanday hujjatli qissa yozadi?
9 “Sariq devni minib” asari nechta tilga tarjima qilingan?
Ushbu metoddan asosiy maqsad- o’quvchilarni kitob va kitobxonlik madaniyatiga bo’lgan munosabatini o’stirishdan iborat.Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni bilim olishi uchun barcha imkoniyatlar hamma sharoitlar muhayyo. Shu o’rinda prezidentimiz tashabbuslari bilan kitob marafonlari tashkil etilmoqda.Harakatlar strategiyasidagi birinchi tashabbusda ham adabiyot, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda alohida urg’u beriladi.Shu o’rinda bir rivoyatni keltirib o’tmoqchiman. Qadim zamonda xitoy imperatori saroyni aylanib yurib bir kutubxonaga kirib qoladi, ammo u yerdagi kitoblar ko’p bo’lib hammasini o’qishni imkoni yo’q edi, shunda bir donishmandni chaqirib: “Menga barcha kitoblarni kamaytirib,insoniyat tarixini yozib keling”- debdi. Shunda donishmand o’ylab kitob yozdi va ellik dona kitobni olib keldi. Bu paytda imperator ancha qarib qolgan edi. Imperator uni o’qishga vaqti yo’q edi shunda u yana kamaytirishni buyurdi. Donishmand butun bir insoniyat tarixini bitta kitob holiga olib kelib taqdim etganida imperator ancha qarib ko’zi o’tmay qolgan edi.Shunda imperator aytdi: “Menga bir so’z bilan ifodalab ber “ deganda donishmand kitobni ochib oxirida shunday yozadi: “ Inson tug’iladi, azoblanadi va vafot etadi” –deydi. Bundan ko’rinadiki, vaqtni g’animat ekanligini anglash lozim.Inson bo’sh vaqtini kitob o’qishga sarflasa maqsadga muofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |