Bugungi darsda o‘quvchilarni baholash me`zoni tushuntiriladi.
O‘quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlash
Savollar.
Yil qaysi fasl bilan boshlanadi?
Qish fasli haqida nimalarni bilasiz? Rasmlardan foydalanib so‘zlang.
Qish bekorchilik faslimi?
Qor haqidagi afsonani bilasizmi? Afsona qisqa so‘zlab beriladi: Qadimda osmondan un yog‘ilar ekan. Odamlar o‘z ehtiyojlariga yarashasini olib, uylariga olib kirar ekan. Qishloqda bir ochko‘z boy unlarni o‘ziga keragidan ham ortig‘ini qoplab o‘z uyiga tashiy boshlabdi. Hatto yer yuzini chegaralab olibdi. O‘z yerim degan joylardagi unlarni boshqalarga bermabdi. Shunda osmon-u qish va bulutlarning jahli chiqib, unlarni muzdek qorga aylantirib qo‘yishibdi.
Savol: Tabiatda ranglar har xil. Siz qaysi ranglarni yaxshi, yoqimli deb hisoblaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |