Ishning
nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
O‘quvchilar davomati olinadi, sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
nazorat
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyojlarni aniqlash
|
O‘quvchilarning DTS ga ko‘ra BKM tekshiriladi.
|
Savol- javob
|
2 daqiqa
|
3-bosqich
Darsning borishi
|
1.O‘tilgan mavzuni mustahlamlash.
2.Maqollar
3.Yangi mavzu bayoni
4.Ota- onalar haqida she`rlar
5.Mavzuni o‘qish
6.Sahna ko‘rinishi
7.Sinkveyn
|
Sahna ko‘rinishi
Amaliy ish
Tushuntirish
Amaliy ish
Amaliy ish
Amaliy ish
Amaliy ish
|
5 daqiqa
5 daqiqa
3 daqiqa
5daqiqa
7 daqiqa
5 daqiqa
5daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
Syujetli rasmlar ko‘rsatilib, mavzu mustahkamlanadi.
|
Amaliy ish
|
2 daqiqa
|
5-bosqich Baholash
|
Darsdagi faolligiga ko‘ra o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi.
|
Amaliy ish
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa
|
,,Ota-onam suyanchig‘im” mavzusida insho yozish.
|
Tushuntirish
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
O‘quvchi: Har tong ertalab turib,
Boramiz maktab tomon
Bizlar ilmga chanqoq
Ustozimiz mehribon
Qo‘limiz ko‘ksimizda
Hamma: Assalomu alaykum.
O‘qituvchi: Qalam tutgan nozikkina
Qo‘lingizdan o‘rgilay
Mehr bilan boqib turgan
Ko‘zingizdan o‘rgilay
Sizni juda sog‘inaman
Tongni intiq kutaman
Meni moyday erituvchi
So‘zingizdan o‘rgilay
Vaalaykum assalom, bolajonlarim.
Meni jajji qaqajonlarim.
Kimdir bugun navbatchi?
Yo‘qlamani beringchi. (Yo‘qlama beriladi).
Bolajonlar hozir biz
Qaysi darsni o‘tamiz?
O‘quvchilar: Hozir darsimiz o‘qish
O‘qiganlarni uqish
Kerakdir ko‘proq bilim
Bilim olishchun –chidam.
O‘qituvchi: Barakalla bolajonlarim! So‘zi a’lo qaqajonlarim. Aytingchi, D.T.S talabiga ko‘ra, nimalarni bilish kerak o‘qish fanidan?
O‘quvchilar:
Biz bir daqiqada 80-90 ta so‘zni o‘qiy olishimiz kerak.
Ravon, chiroyli, xatosiz o‘qishimiz kerak.
O‘z o‘qiganlarimizdan xulosa chiqarib, fikrimizni aniq bayon qila olishimiz kerak.
Mana, bolajonlarim. Darsimizni ham boshlab oldik. Endi menga aytingchi, o‘tgan darsimizda qaysi mavzuni o‘tgan edik?
O‘quvchi: Biz o‘tgan darsimizda Aziz Abdurazzoqning ,,Chumchuq bilan chumoli” ertagini o‘tgan edik.
O‘qituvchi: Kim menga ertak mazmunini gapirib beradi?
O‘quvchi: Ustoz, agar ruhsat bersangiz, ertakni sahna ko‘rinishi qilib, rollarga bo‘lib ko‘rsatsak.
O‘qituvchi: Shunaqami, mayli bolajonlar. Qani kimlar bajaradi (o‘quvchilar o‘tilgan mavzuni sahna ko‘rinishi qilib, rollarga bo‘lib bajaradilar)
Sahna ko‘rinishi. Bug‘doyni ko‘tarib borayotgan chumolining oldiga chumchuq uchub keladi.
Chumchuq: Bug‘doyni menga ber.
Chumoli: Nega? Kap-katta bo‘lib, mendan bug‘doy so‘ragani uyalmaysanmi? O‘zing topib yesang bo‘lmaydimi?
Chumchuq: Kun isib ketdi. Hech qayerga borgim kemayapti.
Chumoli: Shuni ertalab salqinda o‘ylamadingmi? Don kerak bo‘lsa, izlab top. Axir qanoting bor. Agar mening qanotim bo‘lganida, ming chaqrim joyga ham erinmay borib kelar edim.
Chumchuq: Qanot menga don izlash uchun emas, mushukdan saqlanish uchun berilgan. Bo‘lmasa xirmonga borib, topib kelardim. Lekin u yerda mushuk bor. Qo‘rqaman meni yeb qo‘yadi.
Chumoli: Nega mushuk seni yeydi-yu, meni yemaydi?
Chumchuq: Gapingni qarayu, mushuk seni boshiga uradimi? Sening go‘shting oz. Buning ustiga achchiqsan.
Chumoli: Menga o‘xshab mehnat qilganingda, sen ham terlab achchiq bo‘lib qolar eding. Aslida seni o‘zing shirin emassan, joning shirin (shu payt bitta mushuk paydo bo‘ladi-yu, chumchuqni ushlab oladi).
Chumchuq: Voy, chumolijon, meni qutqar. Mushukni chaqib ol (mushuk chumchuqni olib chiqib ketadi).
Chumoli: Ey nodon chumchuq. Mushuk seni yeydigan bo‘lsa, bu yerdan ham topar ekanku. Sen xirmonga borishdan qo‘rqib o‘tiribsana.
O‘qituvchi: Barakalla, bolajonlar! Siz ushbu sahna ko‘rinishini ko‘rib, qanday xulosa chiqardingiz? (O‘quvchilar javob beradilar). Kim mehnat haqida maqollar aytib beradi?
O‘quvchilar:
Mehnat qilsang rohat ko‘rasan.
Mehnat-mehnatning tagi rohat.
Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik.
Mehnatdan qochma, sog‘likdan kechma.
Barakalla bolajonlar. Siz o‘tilgan darsimizni yaxshi o‘zlashtirib olibsiz. Meni juda quvontirdingiz. Men bugungi darsimiz uchun faqat rag‘bat kartochkasi tayyorlab qo‘yganman. Ishonamanki, jarima kartochkalari kerak bo‘lmaydi.
-Bolajonlarim, endi menga aytingchi, biz uchun eng mo‘tabar zot kim?
O‘quvchilar: Otamiz-onamiz.
O‘qituvchi: Kim biz uchun jonin berishga ham tayyor?
O‘quvchilar: Otamiz-onamiz.
O‘qituvchi: O‘zi yemay yedirgan, o‘zi kiymay kiydirgan kishilar kim?
O‘quvchilar: Otamiz-onamiz
Juda to‘g‘ri aytdingiz, bolajonlar. Biz uchun eng qadrli bo‘lgan kishilar ota-onalarimizdir. Ular bizni tarbiyalab, voyaga yetkazdilar. O‘zlari yemay yediradilar kiymay kiydiradilar. Bizga bo‘lgan mehr-muhabbatlari cheksizdir.
Bu haqda juda ko‘p asarlar yozilgan. Hozir biz shunday asarlardan biri bo‘lgan Kaykovushning “Ota va ona haqini bilmak zikrida” asarini o‘qib o‘rganamiz. Oldin Kaykovus haqida gaplashib olsak.( O‘qituvchi muallif haqida gapirib beradi.) Endi kim menga ota-onalar haqida she’r aytib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |