Nazmiy sajdagohga Sizga hoynahoy,
Imomlikka o`tgay Alisher.
Fazilat:
Bobur nidosi
Muhammad Yusuf
Toqatim toldi oqibat,
Taxtni yov oldi oqibat.
O`z yurtim qoldi oqibat,
Afg`on ketdim daryo kechib.
Omad kelar-ketar ekan,
Jon do`sting ham sotar ekan.
Ortingdan tosh otar ekan,
Hayron ketdim daryo kechib.
Ikki ko`zim elimdadir,
Cho`g`dek so`zim tilimdadir.
Dilim yonib,dilimda bir
Armon,ketdim daryo kechib.
Yurtdan ayro adog`ko`nglim,
G`uboriga mushtoq ko`nglim.
Yig`lab bu kun bu shoh ko`nglim
Vayron, ketdim daryo kechib.
Bog`ishamol sayr endi-
Qilg`ay chiqib g`ayr endi.
Boburing yo`q,xayr endi,
Anjon, ketdim daryo kechib.
O`qituvchi:
Aziz bolajonlar, buyuk ajdodlarimizning avlodi ekanligimizdan faxrlanaylik.Mustaqil yurtimizga munosib farzandlar bo`lishda faqat a`lo baholarga o`qib,odobli,bilimli bolalar bo`lib uig`aying.
Yangi mavzuni savol-javob asosida mustahkamlash.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib,o`rganib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |