Sana: 8.02.2019- yil - Sana: 8.02.2019- yil
- Sinf: 3-”v”
- Mavzu: “ Elim deb yurtim deb ,yashagan inson ”
- Maqsad:
- A) Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga Amir Temur haqida ma`lumot berish.
- B) Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash.
- D) Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o`stirish.
- Dars turi: yangi bilim berish
- Dars metodi: interfaol,savol-javob, suhbat.
- Dars jihozi: Amir Temur plakati, buklet, slaydlar.
Dunyoda shunday tarixiy shaxslar bo`ladiki, ularning hayoti, kechirgan faoliyati keyin afsonalarga o`ralib ketadi va asrlar davomida bu mazmunan boy hamda g`aroyib umr dostoni uning xalqiga bitmas-tuganmas boylik sifatida merosu yodgorlik bo`lib qoladi. Dunyoga kelgan har avlod unga murojaat qiladi, o`zini qiziqtirgan savollarga javob topishga intiladi.Amir Temur Ko`ragon umri, uning chaqmoqday hayoti bizning xalqimiz uchun ana shunday umr dostoni vazifasini bajaradi.
Sohibqiron Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning ko`rkam shahri Shahrisabz (Kesh) ning Xo`ja Ilg`or qishlog`ida tavallud topganlar. Amir Temurning otasi Tarag`ay “ Bola boshidan” degan naqlga amal qilib, o`g`liga yoshligidan yaxshi ta`lim-tarbiya berdi.
Temurbek bilim olishni yetti yoshidan boshladi. Bu haqda uning o`zi bunday deydi:” Yetti yoshga to`lganimda Shahrisabzdagi madrasaga olib borishdi va qo`limga so`zlar jadvalini berishdi”. U 9 yoshga to`lganda madrasadagi hamma bolalardan ustun bo`lib oldi.
Temurbek 12 yoshida bolalar bilan o`ynashni kamaytirdi. Vaqtini o`z tengdoshlari bilan o`tkazdi. Ta`til vaqtlarida otasi va boshqa kishilardan harbiy san`at hamda bahodirlik rasm- rusumlarini mukammal egalladi. 15 yoshga to`lganida ot minib, ov qilishni sevib qoldi. Bu ishda katta mahoratga erishdi. Xullas, Temurbek yaxshi o`qib, ziyrak va jasur bola bo`lib o`sdi, el-yurtga mehr qo`ydi.
1360-yilda 24 yoshida Amir Temur mo`g`ilarga qarshi kurash olib boradi. Qozonxon o`ldirilgandan keyin Movarounnahrni mo`g`illar bosib oldi. Amir Temur og`ir kunlarda el-yurt yukini yelkasiga oldi. U xalqni o`z atrofiga to`plab, mo`g`illarga qarshi kurashdi. Bu kurash o`n yil davom etdi. O`sha yillari Temurbek 62 kun zindonda yotdi. Bir umr aziyat chekdi. Lekin eliga hamisha sodiq qoldi. El bilan birga bo`ldi. Oqibatda Temurbek va unga ergashgan amrlar mo`g`illar ustidan g`alaba qozondi.
Millatimiz faxri bo`lgan ulug` bobomiz nafaqat ulug` sarkarda , haqiqatni yoqlaguvchi, adolatpesha, yolg`onni yomon ko`ruvchi, bir so`zli, oqibatli shaxs. U kishi birovga yomonlikni ravo ko`rmaydigan butun qalb egasi. Shuning uchun u yomonlik qilganlarni o`z yomonliklariga topshirdim, deydi va bundaylar bilan olishib vaqtini behuda ketkazmaydi. Masalan, Shibirg`on hokimi Zindachashm Opardiy to`rt marta xiyonat qilganida ham kechiradi, ya`ni yomonligidan qaytar, do`st bo`lib ketar, deb umid qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |