Darsning texnologik xaritasi
T|r
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O‘quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Unli tovush va harflar haqidagi o‘quvchilar bilimini umumlashtirish.
|
Ko‘rgazmalilik.
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yozuv daftari bilan ishlash
|
Daftar bilan ishlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni rag‘batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Rag‘batlantirish.
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo‘qlama qilish, o‘quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
O‘qituvchi dars davomida o‘quvchilar amal qilishlari kerak bo‘lgan
«Oltin qoidalar» bilan tanishtiradi:
-Intizom;
-O‘zaro hurmat;
-Darsda faollik;
-Vaqtdan unumli foydalanish;
-O‘zgalar fikrini takrorlamaslik;
-O‘ng qo‘l qoidasi;
-Fikrni to‘liq bayon etish;
-Yangiliklar sari intilish;
-To‘g‘ri javob uchun rag‘batlantirish;
II.O‘tilgan mavzuni takrorlash:
- O‘qituvchi:-Bolalar biz o‘tgan darslarda olgan bilimlarimizni mustahkamlash uchun “Tushunchalar tahlili” metodidan foydanamiz.
Topshiriq tarqatma tarzida bo‘lib,har bir parta o‘quvchilari birgalikda bajaradilar.Buning uchun o‘quvchilar berilgan qoidalarni o‘qib,ularni to‘g‘ri yoki noto‘g‘rigini aniqlab tegishli belgi qo‘yib chiqadilar.
T/r
|
Qoidalar
|
To‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
1.
|
Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz
|
|
|
2.
|
Gapdagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi
|
|
|
3.
|
O‘zbek tilida 6 ta harf birikmasi bor
|
|
|
4.
|
O‘zbek tilida 30 ta tovush bor
|
|
|
5.
|
Undosh tovushlar bo‘g‘in hosil qilinadi
|
|
|
|
Jami:
|
|
|
1-topshiriq bo’yicha o‘quvchilar javoblari tinglanib xulosa qilinadi.
Daftarlar almashtiriladi.
Husnixat daqiqasi:
Oltin kuz
Mana,kuz keldi.Atrof zarin rangda tovlanadi.Dala,bog‘larda ish qizg‘in.
Bog‘larda mevalar pishgan.
III.Yangi mavzu bayoni:
O‘qituvchi:-Qadrli o‘quvchilar,bugungi darsimizni har galgidan boshqacharoq tarzda tashkil qilamiz.Bugun sizlar bilan sehrli boqqa sayohat qilamiz va u yerda turli musobaqalar uyushtiramiz.Endi esa uch guruhga bo‘linib olamiz.
(O‘quvchilar”Zukkolar”,”Bilimdonlar”,”Topqirlar” kabi guruhlarga bo‘linishadi.Guruh sardorlari tayinlanadi.)
1-guruh:«Zukkolar»
Zukkolar deb atadik,
Ahil guruhimizni.
Ollohim baland qilsin.
Nomus,g‘ururimizni.
2-guruh:«Bilimdonlar»
Bo‘laylik muruvvatli,
Bilimdon,og‘il-qizlar.
Atadik,bilimdon deb,
Guruhimizni bizlar.
3-guruh:«Topqirlar»
Topqirlar deb atadik,
Inoq guruhimizni.
Ilohim issiq qilsin,
Bizlarning yuzimizni.
Musobaqaning 1-sharti.
”Rasmli diktant” o‘tkaziladi.O‘quvchilar ekranda ko‘rgan rasmdagi kuz ne’matlari bo‘lgan mevalar nomini daftarlariga yozadilar.Yozib bo‘lishgach,ekranda tekshirish uchun so‘zlar ko‘rsatiladi.O‘quvchilar o‘zlari yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarni aniqlaydilar.Ushbu topshiriq slaydlar orqali namoyish etiladi.Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ustida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Yangi mavzuni o‘qituvchi slaydlar orqali tushuntirib beradi
So‘ngra o‘quvchilarga qarata “Tun”,deyiladi.
Bolalar boshlarini parta ustiga qo‘yib,”uxlab” qoladilar.
O‘qituvchi ertak aytadi:
-“Bir bor ekan,bir yo’q ekan.Qadim-qadim zamonda bir sehrli bog‘ bo‘lgan ekan.Unda qishin-yozin shirin-shakar mevalar pishib,daraxtlar ko‘m-ko‘k bo‘lib,turfa gullar ochilib,ko‘llarida oltin baliqchalar suzib yurarkan”-deya doskaga yashnab turgan daraxt,gul va quyosh maketini qo‘yadi.So‘ngra bolalarga “Kun”deydi.Ular “uyg‘onadilar”.
O‘qituvchi:-Bolalar,tasavvur qiling.Siz ana o‘sha sehrli bog‘dasiz.Bilasizlarmi,
bu bog‘da Bilmasvoy ham sayr qilib yuribdi ,lekin u adashib qolgan. U daraxtlardan o‘t-o‘lanlardan yordam so‘rabdi ,shunda ular senga topshiriq beramiz, agar bajarsang senga yordam beramiz deyishibdi.
Bilmasvoy darsligidagi mashqlarni o‘qiy olmay,qiynalib ketibdi.Aziz o‘quvchilar kelinglar unga yordam beramiz.
(Doskanining bir tomoniga Bilmasvoy rasmi qo‘yiladi)
O‘qituvchi:-Bolalar,Bilmasvoyga yordam beramizmi?
O‘quvchilar:-Ha,yordam beramiz!
O‘qituvchi:-Buning uchun biz 2-shart bo‘yicha sehrli boqqa qadam qo‘yamiz.
23-mashq.So‘zlarni o‘qing.Unli va undosh bilan boshlanuvchi so‘zlarni aniqlang Ularni ikki ustunga ajratib yozing.
Osmon,baxt,vergul,anor,o‘rmon,qishloq,cho‘yan,oltin,shabada,ulug‘,e’lon,tadbirkor
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni tovush-harf yuzasidan tahlil qiling.
Kelinglar bolajonlar bu mashqni “Bu meniki” o‘yini orqali bajaramiz.
Men so‘zlarni aytaman ,siz esa kimda qaysi harf bo‘lsa ,o‘sha harf bilan boshlanuvchi so‘zni eshitishingiz bilan “ Bu meniki “ deyishingiz kerak.
Bunda sizning qanchalik ziyrak ekanligingiz ham sinaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |