Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashib, davomatini aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: Ekran orqali o’quvchilarga “Bilimi kuchli mingni engadi, bilagi kuchli birni engadi” maqoli ko’rsatiladi va savol-javob orqali mulohaza qilinadi.
O’tilgan mavzuni takrorlash va mustaxkamlash. O’quvchilar guruhlarga bo’linib, o’tilgan mavzu bo’yicha tarqatma materiallar asosida “Piramida” hosil qilinadi. Berilgan tarqatma materallar bo’yicha guruhda muzokara o’tkazib, fikrlashadi va taqdimot ko’rsatiladi.
O’tilgan mavzudagi asosiy tushunchalarni bilish maqsadida qog’ozga klaster metodi chiziladi.
O’quvchilar asosiy tushunchalarni yozib beradi va guruhlar baholanib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |