Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. O`zbekiston Respublikasida qanday ijro organlari mavjud?
2. Vazirlar Mahkamasi tarkibi qanday tuziladi?
3. Respublika hukumatining asosiy vakolatlarini sanab bering.
4. Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis bilan o`zaro aloqasi qanday amalga oshiriladi?
5. Ijro hokimiyati organlarining asosiy vazifasini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |