Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1.Suveren davlat qaysi alomatlarga ega? Suveren davlat alomatlaridan qaysi birini eng muhimi
sifatida ta`riflash mumkin?
2.Davlat tuzilishining u yoki bu shakli nimaga bog`liq bo`ladi?
3.Davlat tuzilishi unitary shaklining federativ shaklidan farqi nimada?
4.Qoraqalpog`iston Respublikasi suvereniteti alomatlarini sanang.
5.Davlat tuzilishining federativ shakliga ta`rif bering
6.Konfederatsiya subyektlarining qanday huquq va majburiyatlari mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |