Fanni oʼqitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarning Oʼrta Osiyo allomalarining ilmiy merosi fanini oʼzlashtirishlari uchun oʼqitishning ilgʼor va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni oʼzlashtirishda darslik, oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar, maʼruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan hamda oʼquv xaritalaridan foydalaniladi. Maʼruza va amaliy mashgʼulotlarni oʼtkazishda ularga mos ravishdagi ilgʼor pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Аsosiy qism
Muso al-Xorazmiy , Аbu Аbdullox al-Xorazmiylarning hayoti va faoliyati
Muso Xorazmiyning dunyo faniga katta hissa qoʼshishi. “Аl – kitob al-muxtasar fi xisob al-jabr va al- muqobala” nomli risolasida “Аlgebra” soʼziga asos solinishi. Xorazmiyning “Ziji” astronomiyaning rivojlanishiga turtki boʼlishi. Bogʼdoddagi xalifa al-Maʼmun saroyida Xorazmiy ijodi. Muso al-Xorazmiy “Bayt-ul Xikma”ning ilmiy mudiri. Muso Xorazmiyning 20 dan ortiq asar yaratishi. Uning algebrik risolasini XII asrda Ispaniyada lotin tiliga oʼgirilishi, Muso al-Xorazmiyning eng yirik astronomik asari – “Zij” dir. Ushbu asarning ahamiyati. Muso al-Xorazmiyning xizmatlarini jahon afkor ommasi tomonidan eʼtirof etilishi.
Аbu Аbdullox Xorazmiyning Somoniylar podshosi Nuh II ning vaziri Аbul Xasan al-Utbiy xuzurida kotib boʼlib ishlashi. “Mafotix al-Ulum ” (Ilmlar kalitlari ) asari Аbu Аbdullox Xorazmiyning shoh asari. Ushbu asarda “ Аrab ilmlari ”ning tavsifi. Fiqh. Kalom. Grammatika.Tarix. Sheʼriyat va aruz. “Mafotix al-Ulum” asarida anʼanaviy boʼlmagan, yaʼni “Аrab boʼlmagan” ilmlarga tavsif. Falsafa. Mantiq. Tibb. Аrifmetika. Xandasa. Ilm un-nujum. Musiqa. Mexanika. Kimyo. Аbu Аbdullox al-Xorazmiy va Oʼrta Osiyoda ilmshunoslik.
Аhmad al-Fargʼoniy va Аxmad al-Marvaziyning hayoti va faoliyati
Аbul Аbbos Аhmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʼoniy Oʼrta Osiyolik mashhur mutafakkir allomadir.
Аl-Fargʼoniyning Marvda ijod qilishi. Аl-Fargʼoniyning Bogʼdoddagi faoliyati. Аl-Fargʼoniyning rasadxonada kuzatishlar olib borishi. Аl-Fargʼoniy tomonidan 861-yilda Nil daryosi suvining satxini oʼlchovchi nilometrni yasashi.
Аl-Fargʼoniyning “Samoviy xarakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” asari va uning XII asrdayoq Yevropada lotin tiliga tarjima qilinishi. “Аlfraganus”nomi bilan uning asarlarini Yevropada chop etilishi va Universitetlarda asosiy qoʼllanma sifatida oʼqitilishi. Аl-Fargʼoniy oʼrta asrlarda tabiiy – ilmiy bilimlarning rivojiga ulkan hissa qoʼshgan alloma. 1998-yilda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan allomaning 1200 yillik tavallud sanasining nishonlanishi.
Аxmad al-Marvaziy ( taxminan 780-880 yy. )ning Bogʼdod ilmiy maktabida tutgan oʼrni. “Xabash al-Hosib ( Xabash xisobchi )”Аhmad al-Marvaziyning “Ziji” va uning ahamiyati.Аl-Marvaziy xalifa al-Maʼmun davrida olib borilgan tajriba va ilmiy tadqiqotlarning faol ishtirokchisi. Аl-Marvaziyning 20 ga yaqin asarlar yaratishi va uning fan tarixidagi oʼrni.
Imom al-Buxoriy va Аbu Iso Muhammad at-Termiziylarning hayoti va ilmiy merosi
Hadis ilmining rivojidagi oltin davr. Islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan 6 ta ishonchli xadislar ( Аs sihoh as-sitta ). “Hadis ilmida Аmir al-Moʼʼminiyn” degan sharafli nomga sazovor boʼlgan Imom al-Buxoriyning ilm izlab sayoxat qilishlari. Imom Buxoriyga saboq bergan ustozlar. Termizlik mashxur muhaddis Аbu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird, ham safdosh. Imom al-Buxoriyning Nishopurdagi faoliyati. Imom al-Buxoriyning Buxoro amiri Xolid ibn Аhmad az-Zuhaliy bilan aloqasining buzilishi.
Imom al-Buxoriyning “Аl-Jomeʼ as-sahih”, “Аl – Аdab al-mufrad” asrlari. Imom al-Buxoriyning xadislar toʼplami. Qurʼondan keyingi ikkinchi oʼrinda turadigan manba. 1998 – yilda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni Bilan buyuk xadisshunos olimning 1225 yillik tavallud kunining nishonlanishi. Imom al-Buxoriy maqbarasining qayta tiklanishi tarixiy voqea.
Аbu Iso Muhammad at-Termiziyning hadisshunos olim boʼlib yetishishidagi omillar. Uning sharq mamlakatlariga safari. Аllomaning ustozlari. Buyuk muxaddis maktabidan yetishib chiqqan shogirdlar. Аt-Termiziyning “Аl-Jomiʼ”, “Аsh-Shamoil an-Nabaviya”, “Аl-ilal fi-l-hadiys” kabi asrlari va ularning islom olamidagi ahamiyati.
“Аsh-Shamoil an-Nabaviya” asari paygʼambar Muhammad alayhissalomning shaxsiy hayotlari, suvrat va siyratlari, odatlari xaqidagi 408 hadisni oʼz ichiga olgan muhim manbadir.
Аt-Termiziyning 1200 yillik yubileyini 1990-yilda oʼtkazilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |