Demak, qirralari sof siljish yuzachalariga nisbatan 45° burchak ostida joylashgan to’rtburchak element tomonlariga faqat normal kuchlanishlar ta’sir etadi (8.5 - shakl), ularning birinchi jufti cho’zuvchi, ikkinchi jufti siquvchidir. Shunday qilib, sof siljish kuchlanganlik holatini o’zaro tik yo’nalishlarda bir vaqtning o’zida elementninng cho’zilishi va siqilishi sifatida tasavvYr qilish mumkin.
8.6 - shakl. Siljishdagi kuchlanishlarni quyidagi mulo’azalar asosida topiladi. Tashqi kuch ta’siridagi ni’oyatda kalta brusning ko’ndalang kesimidagi kuchlanishlarni topish uchun 1-1 tekislik bilan kesib (8.6 - shakl,a), yuqori qismi (8.6-shakl,b) muvozanatini ko’rib chiqaylik.