A va C nuqtalardan to’ldiruvchi konus yasovchisi ustiga tish boshi (h1) va tish oyog’i (h11) balandliklarini o’lchab qo’yamiz. Hosil bo’lgan nuqtalarni S nuqta bilan tutashtirib, tish cho’qqisi konusi tish tubi konusining yasovchilarini hosil qilamiz. Toldiruvchi konus yasovchisi ustiga tish tubi konusinig yasovchisidan tog’in qalinligini o lchab qoyamiz. Topilgan nuqta S uch bilan tutashtiriladi. Boshlang’ich konus yasovchisi ustiga A va C nuqtalardan boshlab tish uzunligi ya’ni tishli g’ildirakning ishchi kengligi o’lchab qo’yiladi. Bu nuqtalar orqali tashqi konus yasovchisidan tog’in chizig’i (e) davomigacha to’ldiruvchi konus yasovchisiga parallel chiziqlar otkaziladi va natijada ikkita tish konturi hosil qilinadi. Tishlarning oxirgi nuqtalarini tutashtirib, tishli g’ildirakning kichik ko’ndalang tomonining konturini hosil qilamiz. Bundan o’ng tomonga M masofani o’lchab qo’yib, gardish chizig’ini o’tkazamiz. Bundan chapga n masofa o’lchab qo’yib, gubchakning chiqib turgan chizig’ini o tkazib, buni ustiga gubchak diametri (dg) ni o’lchab qo yamiz. Tishli g’ildirakning kichik koYidalang tomonidan o’ng tomoniga gardish qalinligi (K) ni o’lchab qo’yib, gardishning o’ng tomonidagi chizig’i chap tomoniga parallel qilib chiziladi. Tog’inning to’ ldiruvchi konusdagi chetki nuqtalarini tutashtirib, g’ildirakning ong tomondagi katta ko’ndalang tomonini hosil qilamiz. Lg va dg o’lchamlar bo’yicha g’ildirak gupchagi va val uchun mo’ljallangan (dB )diametrli teshik chiziladi. g’ildirakning chapdan ko rinishi chiziladi. Bunda tish tubi aylanasi va konusning kichik asosi aylanasi chizilmaydi. Val uchun teshik shiponka o’yig’i (paz) bilan chiziladi.
Konussimon tishli uzatmani chizmasini chizish uchun shesternyani va tishli g’ildirakning tishlar soni (z1, z2) va ilashish moduli (m) berilgan bo’lishi kerak.
5.3-jadvaldagi konussimon tishli g’ildirakning o’lchamlarini hisoblash formulalaridan foydalanib chizish uchun har bir g’ildirakning kerakli o’lchamlari aniqlanadi. So’ng konussimon tishli uzatmaning chizmasini chizish boshlanadi. Buning uchun ingichka tutash chiziq bilan to’g’ri burchak yasaladi (5.7-shakl) va C uchidan bularning ustiga boshlang’ich aylanalar diametri (d1 va d2) ga CA va CD kesmalar o’lchab qo’yiladi. Bularning har birini o’rtasidan perpendikulyar qilib tishli g’ildiraklarning oqlari S nuqtada kesishguncha o’tkaziladi. S nuqta boshlang’ich konuslarning umumiy uchi hisoblanadi. Bu uch AC va AD kesmalarning oxirlari shtrix punktir chiziq bilan tutashtiriladi. Hosil qilingan konuslar katta va kichik g’ildiraklarning boshlang’ich konuslari bo’lib hisoblanadi.
Konussimon tishli g’ildirakni chizmasini chizish uchun hisoblash ishlari bajariladi va silindrik tishli ilashmani chizishdagidek shartliklarga rioya qilib, konus tishli uzatmaning chizmasi chizib tugatiladi.
Konussimon tishli uzatmaga doir amaliy ish 5.7-shaklda ko’rsatilgandek bajariladi.
Bu ishga oid topshiriq variantlari 5.6-jadvalda berilgan.
Chervyakli uzatma
Chervyak o’ramlarining shakliga qarab silindrik (5.8-shakl, a) va goloboidli (5.8-shakl, b) bo’ladi. Silindrik chervyak koprok ishlatiladi.
Chervyak bir kirimli va ko’p kirimli bo’lishi mumkin. Tishli uzatmada chervyakning o’ramlar soni shesternyaning tishlar sonidek bir xil axamiyatga ega. Shuning uchun chervyakli uzatmada uzatishlar soni U=Z2/Z1, bu yerda Z1 - chervyak o’ramlari soni. Odatda Z1=l ÷ 4. Chervyakli uzatma o’qlari fazoda ko’pincha 90°burchak ostida ayqash bo’ ladi.
Chervyakning o’q kesimi (chervyak o’qidan o’tuvchi tekislik bilan kesganda uning o’rami profili)ni burchagi a=20° (5.9-shakl).
Chervyakning o’q modeli m chervyak g’ildiragining ko’ndalang (tortsevoy) (chervyak g’ildiragi) moduliga teng; m=p/π, bu yerda p-chervyakning o’q qadami. Modulning qiymati GOST 19672-96 ga mos kelishi kerak. Chervyakning tish boshi balandligi h11 va Tish oyog’i balandligi h111; Chervyakning bo’luvchi silindrik diametri d1
Do'stlaringiz bilan baham: |