Bosim o‘lchash asboblarining o‘lchash chegaralari
Asbob
|
O‘lchov birligi
|
O‘lchash chegarasi
|
Quyi
|
Yuqori
|
Manometrlar
|
МPа
|
0
|
(0.6; 1; 1,6; 2,5; 4)- 10n, n = -1;0; 1; 2; 3
|
Vakuummetrla
р
|
МPа
|
-0,06; -0,1
|
0
|
Manovakuummetrlar
|
МPа
|
-0.1
|
0.06; 0,15; 0,3; 0,5;О,9; 1.5; 2,4
|
Mutloq bosim manometrlari
|
кPа
|
0
|
(10; 16; 25; 40; 60}* 10n, n = -1;0; 1
|
МPа
|
0
|
(1; 1,6; 2,5; 4; 6; 10; 16)*10n. n = -2;-1
|
Naporomerlar, difmanometrlar,напоромерлар
|
кPа
|
0
|
(1,6;2,5;4;6;10;16;25;40)*10n, n = -1;0
|
Tyagomerlar, Difmanometrlar,tyagomerlar
|
кPа
|
-1.6;2,5; 4; 6; 10; 16; 25;40) * 10n,
n = -1;0
|
0
|
Tyagonaporomerlar, difmanometrla,
тягонапоромерлар
|
кPа
|
-(0,8;1,25;2;3;5;8;12,5;20)*10n, n = -1;0
|
(0,8; 1,25;2; 3; 5;8; 12,5;20) * 10n. п = -1;0
|
Difmanometr
ар
|
кPа
|
0
|
1; 1,6; 1,5; 4; 6,3; 10; 16; 25
|
Sarf o‘lchagichlar
|
МPа
|
0
|
(0,4; 0.63; 1; 1.6; 2.5; 4; 6,3) * 10n, n = -1
|
Manometrlar va difmanometrlar RF va MDH davlatlarining nomlari quyida keltirilgan zavodlarida ishlab chiqiladi: «Metran» konserni (Chelyabinsk sh.), «Manometr», «Manometr-servis» (Moskva sh.), «Manotom» (Tomsk sh.), «Orleks» (Orel sh.), «Teplokontrol» (Qozon sh), «Teplopribor» (Ryazan sh.), «Ust-Kamenogorsk pnevmoavtomatika zavodii» (Ust-Kamenogorsk sh.), «Saransk asbobsozlik zavodi» (Saransk sh.), «Alternativa» (Shatki Novgorod obl.), «Golыnkov maxsus mahsulotlar zavodi» (Novgorod oblasti Golыnkov sh.), «Prompribor» (Ivano-Frankovsk sh.) zavodlari. Sanoat boshqaru tizimlarini yaratish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi Siemens, Rosemount, Foxboro, Honeywell, Jokogawa kabi barcha yirik firmalar manometrlar ishlab chiqaradi.
O‘lchashda mutlaq, ortikcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud. Rmut — mutlaq bosim — modda xolatining (suyuklik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, Ratm — atmosfera va Rort — ortikcha bosimlar yig‘indisidan iborat:
Rmut=Ratm+Rort (12.2)
Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
Rort=Rmut-Ratm (12.3)
Atmosfera bosimi — yer atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun, bu bosim ko‘pincha barometrik bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum (siyraklanish) sodir bo‘ladi.
Rv=Ratm-Rmut (12.4)
Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi.
O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) manometr — mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
2) barometr — atmosfera bosimini o‘lchaydi;
3) vakuummetr — berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi;
4) manovakuummetr — ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;
5) naporomer — kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
6) tyagomer — kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi;
7) tyagonaporomer — kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;
8) differensial manometr — ikki bosim ayirmasini (bosimlar farqini) o‘lchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |