Bosimning o‘lchov birliklari
O‘lchov birligi
|
Pа
|
Bar
|
кgк/sm2
|
кgк/m2:(mmsuv ust.)
|
(mm sim.ust).
|
1 Pа
|
1
|
10-5
|
1,0197 ∙10-5
|
0,10197
|
7,5006 ∙10-3
|
1 Bаr
|
105
|
1
|
1,0197
|
1,0197 ∙104
|
750,06
|
1 кgк/sm2
|
9,8066 ∙104
|
0,98066
|
1
|
104
|
735,56
|
1 кgк/m2 (mm suv ust.)
|
9,8066
|
0,98066 ∙10-4
|
10-4
|
1
|
7,3556 ∙10-2
|
1(mm sim ust).
|
133,32
|
1,3332 ∙10-3
|
1,3595 ∙10-3
|
13,595
|
1
|
Bosimning o‘lchov birligini etalon o‘lchash vositalaridan ishchi vositalarga uzatish ko‘p bosqichli tarzda amalga oshiriladi. Ishchi vositalarga bosimning o‘lchov birliklarini uzatish ketma-ketligi va aniqligi ko‘rsatishlarni solishtirish va tekshirish usullarini ko‘rsatgan holda davlat tekshirish sxemalari (GOST 8.017-79, 8.094-73, 8.107-81, 8.187-76, 8.223-76) bilan aniqlanadi. Chunki har bir uzatish bosqichida xatolik 2 – 2,5 marta oshadi va birlamchi etalon va ishchi vosita o‘rtasidagi xatolik 102...103 ni tashkil etadi.
O‘lchash jarayonlarida mutloq, ortiqcha va vakuummetrik bosimlar farqlanadi. Mutloq bosim r deganda atmosfera bosimi rat va ortiqcha bosim port ning yig‘indisiga teng bo‘lgan to‘la bosim tushuniladi:
Atmosfera bosimidan kichik bo‘lgan bosimlarni o‘lchashda vakuummetrik bosim tushunchasi kiritiladi: rv = rat - rm. Bosim va bosimlar farqini o‘lchashga mo‘ljallangan o‘lchash vositasi manometr deyiladi. Manometrlar atmosfera, ortiqcha, vakuummetrik va mutloq bosimlarni o‘lchashidan kelib chiqqan holda barometr, ortiqcha bosim manometri, vakuummetr va mutloq bosim manometrlari kabi turlarga bo‘linadi. 40 kPa (0,4 kgk/sm2) diapazongacha bo‘lgan bosim yoki siyraklanishlarni o‘lchashga mo‘ljallangan manometrlar naporomer va tyagomerlar deb ataladi. Tyagonaporomerlar ±20 kPa (± 0,2 kgk/sm2) gacha o‘lchash chegarasiga ega bo‘lgan ikki tomonlamali shkalaga ega.
Differensial manometrlar bosimlar farqini o‘lchash uchun qo‘llaniladi.
Boshqa fizik kataliklarni bosimning ta'sir kuchiga o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan sezgir elementning ishlash prinsipidan kelib chiqib, bosim o‘lchash vositalari suyuqlikli, deformatsion, elektrik, ionlashgan, issiqlik va yuk porshenli turlarga bo‘linadi.
Sanab o‘tilgan bosim asboblarining qurilmalri turli xil. Ularning orasidan mamlakatimiz sanoatida ishlab chiqariladigan beshta asossi o‘lchash va o‘zgartirish asboblari guruhini tanlash mumkin: mexanik, differensial-transformatorli o‘zgartirgichlar, magnit oqimlarini kompensatsiyalovchi, kuchlarni kompensatsiyalovchi va tenzoo‘zgartirgichli. Umumiy elementlar va o‘rnatilgan o‘lchamlar bazasida guruhdagilarning har biri keltirilgan ma'lum chegaralarda bosimni o‘lchash va unifikatsiyalashgan signalga aylantirishni ta'minlaydi. MPa dan kgk/sm2 ga va kPa dan kgk/m2 ga o‘tish uchun mos qatorlarning a'zolari 10-1 va 102 ga ko‘paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |